Barcha pedagog xodimlar uchun haftalik ish soati 36 soatdan oshmaydi, bunda qonun chiqaruvchi 1 stavka uchun mazkur meyorni belgilaydi.
Bunda Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining pedagogik mutaxassisliklari bo‘yicha namunaviy yillik ish rejasini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi Yo‘riqnomaga (ro‘yxat raqami 3058) 4-bandiga asosan umumiy o‘rta ta’lim muassasasi pedagog xodimining yillik ish yuklamasi quyidagicha hisoblab chiqiladi:
Ta’kidlash kerakki, yuqoridagi meyor faqat to‘liq stavkada ishlaydigan xodimlar uchun taalluqli.
Shunga ko‘ra sizning darsingiz 7 soatni tashkil etsa, siz kun bo‘yi maktabda bo‘lishingiz talab etilmaydi. Bunda sizning yuklamangiz haftasiga 12.6 soatni tashkil etadi.
Shunday ekan siz bir haftada 12.6 soat maktabda bo‘lishingiz kerak. Undan ortiq vaqtda sizdan maktabda bo‘lishni talab qilish noqonuniy.