Repostlar 25/12/2024 Maktab hududi va binosida o‘quvchilarga aloqasi bo‘lmagan bayram tadbirlarini o‘tkazish mumkin emas

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining 2023-yil 31-avgust kungi 282-sonli buyrug'i bilan tasdiqlangan "Umumiy o'rta ta'lim muassasasining takomillashtirilgan namunaviy odob-axloq qoidalari"ga ko'ra quyidagilar taqiqlangan:

  • ta'lim muassasasining hududi va binosida spirtli ichimliklar hamda tamaki mahsulotlarini iste'mol qilish:
  • muassasa hududi va binosida o'quvchilarning ta'lim-tarbiyasiga aloqasi bo'lmagan turli xil tadbirlarni tashkil etish;
  • o'quvchilar uchun mo'ljallangan barcha tadbirlarni va ularga tayyorgarlik ishlari dars mashg'ulotlari vaqtida o'tkazish.

Manba: https://t.me/xalqtaliminfo/5967

#Yangiliklar   #Oʻquvchi  
So'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Bizning Telegram-kanalimizga obuna bo'ling