Musiqa madaniyati va jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari ham attestatsiyada ishtirok etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida musiqa madaniyati fani o‘qitilishini tubdan takomillashtirish hamda ushbu fan o‘qituvchilarining kasbiy faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan edi.
Unga ko‘ra, 2025-yil 1-martdan boshlab musiqa madaniyati fani o‘qituvchilari uchun nazariy va amaliy ta’lim asosida malaka oshirish tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Bunda birinchi bosqich (test jarayonlari) Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan, ikkinchi bosqich (amaliy (ijodiy) imtihon Madaniyat vazirligi tomonidan tashkil etilishi belgilangan.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 2024-yil 15-noyabrdagi “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida jismoniy tarbiya fani o‘qitilishini tubdan takomillashtirish hamda ushbu fan o‘qituvchilarining kasbiy faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-392-son qarorida quyidagilar belgilangan edi:
– Maktabgacha va maktab vazirligi Sport vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilariga malaka toifalari berishning yangi tartibini ishlab chiqishi.
Bunda malaka toifasini berish quyidagi ikki bosqichda amalga oshiriladi:
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Sport vazirligi, Bilim va malakalarni baholash agentligi 2025-yil 1-iyulga qadar jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilarining bilim darajasi va kasbiy mahoratini aniqlash bo‘yicha milliy baholash tizimini ishlab chiqsin va amaliyotga joriy etish chorasini ko‘rish belgilangan.
#Yangiliklar