Maqolalar 16/11/2024 Qishki o'qishni ko'chirishga kimlarga ruxsat beriladi?

Xuddi yoz oyidagi kabi qishda ham o‘qishni ko‘chirish mumkin. Faqat bir davlat OTMidan boshqasiga. 

Kimlarga ruxsat bor?

👉 talaba oila qurishi munosabati bilan turmush o‘rtog‘i doimiy yashaydigan hududdagi oliy ta’lim muassasasiga o‘qishini ko‘chirish uchun;

👉 davlat organlarining xodimlari ish joyi o‘zgargan taqdirda uning turmush o‘rtog‘i yoki voyaga yetmagan farzandi o‘qishini ko‘chirish uchun (tegishli vazirlik (idora) rahbarining tavsiyasi asosida).

Prezidentning 279-sonli qarori 7-bandiga muvofiq uzrli sabablarga koʻra oʻqishni koʻchirish toʻgʻrisidagi arizalarni qabul qilish boʻyicha hududiy Ishchi guruhlar faoliyati yoʻlga qoʻyildi.

Hududiy ishchi guruhlarga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

👉 o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ariza (ariza blankasi hududiy ishchi guruhi tomonidan beriladi va talaba tomonidan joyida to‘ldiriladi);

👉 talabaning reyting daftarchasi yoki belgilangan shakldagi akademik ma’lumotnoma yoki transkript nusxalari (bittasi bo‘lsa yetarli);

👉 shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID) nusxasi;

👉 yuqorida qayd etilgan uzrli sabablarni asoslovchi tegishli hujjatlar.

✅ Qishki o'qishni ko'chirish uchun arizalar dekabr-yanvar oylarida olinadi.

#Ta'lim telekanali   #Maqola   #Talaba  
So'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Bizning Telegram-kanalimizga obuna bo'ling