Kuzatuvlarga ko‘ra, talabalarning 80%i fast food kabi tez tayyorlanuvchi taomlarni iste’mol qiladi. Atigi 10% talaba sog‘lom ovqatlanish tamoyillariga rioya qiladi va bu turdagi mahsulotlardan voz kechadi.
Shifokorlar fikriga ko‘ra, tez tayyorlanadigan mahsulotlar alkogol va tamakidan ham zararliroq bo‘lishi mumkin. Ularning muntazam iste’moli ichki kasalliklar, ortiqcha vazn va boshqa sog‘liq muammolarini keltirib chiqaradi.
Eng zararli mahsulotlar
Quyidagi mahsulotlar sog‘liq uchun eng zararli deb hisoblanadi:
Gazli va shirin ichimliklar – tarkibida ko‘p miqdorda shakar va sun’iy rang beruvchi moddalar mavjud.
Tez tayyorlanuvchi makaron mahsulotlari – tarkibida sun’iy lazzat kuchaytirgichlar ko‘p.
Nosog‘lom ovqatlanish talabalarning energiya darajasini pasaytiradi, diqqatni jamlashga salbiy ta’sir qiladi va jismoniy sog‘lig‘ini yomonlashtiradi. Shuning uchun ham mutaxassislar sog‘lom ovqatlanish tartibiga rioya qilishni tavsiya etadilar.
#Maqola