Yangiliklar 04/03/2025 Qarzdorlik bilan o‘qishni ko‘chirgan talabalar qanday yo‘l tutishi kerak?

Birinchi semestrda qarzdorligi bor talabalar uchun muhim ma’lumot.

O‘qishini ko‘chirgan, biroq 1-semestrda yopilmagan fani (qarzdorligi) bor talabalar aloqa xatini olishda muammoga duch kelishi mumkin. Bunday holatda qanday yo‘l tutish kerak?

📌 393-sonli qarorga ko‘ra, agar talabaning birinchi semestrda yopilmagan fani bo‘lsa, uning o‘qishini ko‘chirishga bergan arizasi rad etilishi mumkin.

📌 Lekin 2024-yil qishki perevodda shartli ravishda qarzdorligi bor 1-kurs talabalarining arizalari qabul qilindi va ularning ko‘pchiligi o‘qishini ko‘chirishga tavsiya etildi.

Bu holatda qanday yo‘l tutish kerak?

Aloqa xatini olish uchun 1-semestrdagi qarzdorlikni avvalgi oliygohingizda yopishingiz shart.

Yangi transkript olishingiz kerak, unda 1-semestrdagi qarzdorlik butunlay yopilgan bo‘lishi lozim.

Olingan transkript bilan o‘qishingizni ko‘chirgan oliygohga borib, aloqa xatini olish mumkin.

⚠️ Muhim farq

1-kurs 1-semestrdagi qarzdorlikni faqat avvalgi oliygohingizda yopishingiz mumkin.

2-kurs va undan yuqori kurslarda qarzdorlik bo‘lsa, yangi oliygohingizda yopishingiz mumkin.

#Yangiliklar  
So'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Bizning Telegram-kanalimizga obuna bo'ling