Maqolalar 29/03/2025 Talabalar o’qishni kunduzgi taʼlim shaklidan sirtqiga koʻchirsa boʻladimi?

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-son qaroriga 3-ilova bilan tasdiqlangan Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 9-bandida fuqaroning o‘qishini ko‘chirish va qayta tiklash to‘g‘risidagi arizasini rad etish asoslari belgilangan.

Bunda Nizomning 22-bandiga muvofiq oliy ta’limning mos va turdosh yo‘nalishlari hamda barcha ta’lim shakllari bo‘yicha mos mutaxassisliklar bo‘yicha davlat granti asosida o‘qishni ko‘chirishga faqat davlat grantlari asosida ta’lim olgan talabalarning xohishiga ko‘ra, oliy ta’lim muassasalarida tegishli o‘quv yili uchun qabul kvotalarida belgilangan davlat grantlari soni doirasida yo‘l qo‘yiladi.

Biroq boshqa hollarda (masalan, davlat grantlari kvotalari soni mavjud bo‘lmaganda) o‘qishni ko‘chirish to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

Bunda Nizomning 15-bandiga muvofiq o‘qishni ko‘chirish uchun arizalar har yili 15-iyuldan 5-avgustga qadar qabul qilinadi.

O‘qishni ko‘chirish istagini bildirgan fuqaro quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

- o‘qishni ko‘chirish (tiklash) istalayotgan ta’lim yo‘nalishi (mutaxassisligi), o‘qish tili va shakli ko‘rsatilgan ariza (arizada o‘qishni ko‘chirish (tiklash) o‘rganilgan oliy ta’lim muassasasi va ta’lim yo‘nalishi (mutaxassisligi), ta’lim shakli, maqsadli qabul bo‘yicha o‘qishga qabul qilinmaganlik, o‘qishni ko‘chirish (tiklash) sabablari, o‘qishni ko‘chirish (tiklash) qoidalari bilan tanishish ko‘rsatiladi);

- talabaning reyting daftarchasi yoki belgilangan namunadagi akademik guvohnomasi nusxalari;

- Pasport nusxasi.

#Maqola  
So'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Bizning Telegram-kanalimizga obuna bo'ling