Maqolalar 09/03/2025 Ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan maktabda ishlaganingiz uchun ustama olish mumkinligini bilasizmi?

📝 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 646-son qarori bilan ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablarda dars berish uchun boshqa hududlardan jalb qilingan oliy va birinchi toifaga ega o‘qituvchi-pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga maxsus ustamalar joriy qilingan.

✅ Bunda:

🟢bir ma’muriy-hududiy birliklar doirasida boshqa tuman va shaharlardan kelib faoliyat yuritayotgan o‘qituvchi-pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga 50 foiz;

🟢boshqa ma’muriy-hududiy birlikdan kelib faoliyat yuritayotgan o‘qituvchi-pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga 100 foiz maxsus ustamalar to‘lanadi.

Ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablarda dars berish uchun boshqa hududda kamida bir yil ishlagan oliy va birinchi toifaga ega o‘qituvchi-pedagoglar jalb qilinishini eslatib o‘tamiz.

📎 Ilovadagi faylda qarorning to‘liq matni bilan tanishishingiz mumkin. 

Batafsil: Ta'lim omborida 

#Maqola  
So'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Bizning Telegram-kanalimizga obuna bo'ling