12–13-fevral kunlari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, “O‘zkimyosanoat” AJ, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti, O‘zbekiston ixtirochi ayollar markazi, Toshkent kimyo-texnologiya instituti hamda xalqaro hamkor tashkilotlar ishtirokida “WOMEN IN STEM” III xalqaro forumi o‘tkazildi.
Forum ayollarning ilm-fan va texnologiya sohasidagi ishtirokini kengaytirish, STEM yo‘nalishlarida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ushbu sohalardagi muammolarni muhokama qilishga qaratilgan. Tadbirda O‘zbekiston va xorijiy mamlakatlardan yetakchi olimlar, tadqiqotchilar hamda mutaxassislar ishtirok etdi.

Forum doirasida xalqaro ekspertlarning mahorat darslari, ilmiy taqdimotlar va seminarlar tashkil etildi. Ishtirokchilarga ta’lim va texnologiya rivojiga hissa qo‘shgan olima ayollar haqida tayyorlangan videorolik namoyish etildi. Shuningdek, turli mavzularda taqdimotlar o‘tkazilib, muhim ilmiy natijalar muhokama qilindi.
Tadbir doirasida milliy madaniyat va ilm-fanni uyg‘unlashtirgan musiqiy chiqishlar va milliy liboslar taqdimoti xorijiy mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.
Forum yakunida ishtirokchilarga Toshkent kimyo-texnologiya instituti hamda “O‘zkimyosanoat” AJ tomonidan esdalik sovg‘alari va sertifikatlar topshirildi.
#Ta'lim telekanali #Yangiliklar