Umumiy maʻlumotlar
How to study dasturi koreys tilini onlayn oʻrganuvchilar uchun moʻljallangan boʻlib, u ishtirokchilarga koreys tilini boshlangʻich darajadan boshlab mukammal darajagacha mustaqil oʻrganish imkonini yaratadi. Darslar mutlaqo bepul va qiziqarli tashkillashtirilgan. Kursdagi har bir darsda:
- 20-30 soʻz;
- darsdagi lugʻatlarga mos ravishda grammatik mavzular;
- koreys tilidagi soʻz va gaplarning audiosi mavjud.
Kursda koreys tilini oʻrganishga qiziquvchi nomzodlar yilning istagan vaqtida ishtirok etishlari va oʻrganishlari mumkin.
Maqbullik shartlari
- Dasturda koreys tilini oʻrganish ishtiyoqida boʻlgan barcha nomzodlar ishtirok etishi mumkin.
Foydali tomonlari
-
Dasturning quyidagi foydali jihatlari mavjud:
- Kursda oʻqish orqali ishtirokchilar koreys tilini bepul oʻrganishlari mumkin boʻladi;
- Har bir darslar qulay va oson tashkil qilingan boʻlib, ular quyidagilardan tashkil topgan:
-
-20-30 ta atrofidagi lugʻat;
-Lugʻatlarga mos maʼlum darajadagi grammatik mavzular;
-Koreys tilidagi har bir soʻz va gapning audiosi;
- Kursdagi darslar alohida boʻlimlarga boʻlingan. Har bir boʻlim qoʻshimcha 25 dars, 3 ta quiz va boʻlimga oid testlardan iborat. Eslatma! Kurs bepul boʻlishiga qaramay, ushbu qoʻshimcha materiallar pullidir.
- Darslarda qoʻshimcha ravishda oʻqishni mustahkamlash uchun mashq kitoblari, qisqa hikoyalar, eshitish koʻnikmasini rivojlantirish uchun mashqlar, mobil ilovalar va shu kabi qoʻshimcha materiallar mavjud.
Hujjat topshirish
Kursda ishtirok etish boʻyicha muhim maʼlumotlar:
- Ushbu koreys tili onlayn kursida oʻqish uchun alohida roʻyxatdan oʻtish talab qilinmaydi. Kursda asosiy maʼlumot va darslarni mutlaqo bepul oʻrganish mumkin;
- Dastur boʻyicha qoʻshimcha materiallar pulli boʻlib, ular olinmoqchi boʻlsa nomzodning elektron pochtasi, ism-sharifi, karta raqami, manzili, istiqomat qilayotgan hududining pochta indeksi va shu kabi maʼlumotlar soʻraladi;
- Kursda oʻqishni yilning istalgan vaqtida boshlash mumkin
Qoʻshimcha maʻlumotlar
Kurs haqidagi qoʻshimcha maʼlumotlarni ushbu havola orqali topish mumkin.
Manba: https://t.me/grantgouz/7426
#Ta'lim telekanali
#Oʻquvchi