O‘zbekistonliklar o‘qish uchun asosan qaysi davlatga ketmoqda?

Statistika agentligining hisob-kitoblariga ko‘ra joriy yilning yanvar-sentyabr oylarida o'zbekistonliklar o‘qish maqsadida ko‘proq Tojikiston Respublikasiga borayotgani ma’lum qilindi.
Qayd etilgan ma’lumotlarga qaraganda, 30,4 ming nafar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari o‘qish maqsadida chet davlatlariga borgan. Mazkur ko‘rsatgich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirganda 3,2 % yoki 952 nafarga ortgan.
2024-yilning yanvar-sentyabr oylarida o‘qish uchun chet elga ketgan respublikamiz fuqarolari mamlakatlar bo‘yicha quyidagicha:
- Tojikiston — 11 409 nafar
- Rossiya — 7 301 nafar
- Qirg‘iz Respublikasi — 2 845 nafar
- Turkiya — 2 195 nafar
- Janubiy Koreya — 1 839 nafar
- Qozog‘iston — 1 372 nafar
- Buyuk Britaniya — 693 nafar
- Xitoy — 672 nafar
- AQSH — 486 nafar
- BAA — 295 nafar
- Boshqa davlatlar — 1 292 nafar.
So'nggi yangiliklardan xabardor bo'lingBizning Telegram-kanalimizga obuna bo'ling
Obuna bo'ling
Mavzuga oid
Markaziy Osiyo tarixi haqidagi mashhur kitob o‘zbek tiliga tarjima qilindi
Toshkent Islom universiteti va xalqaro islom akademiyasi bitiruvchilariga oylik qo‘shimcha haq bekor qilindi
O‘zbekistonliklar “Work and Travel” dasturi doirasida Germaniyaga ishga taklif etilmoqda
Talaba almashinuvi yoki akademik mobillik haqida
Koreys tilini mustaqil o'rganishni xohlovchilar uchun bepul kurs