Umumiy maʻlumotlar
Xalqaro siyosiy iqtisodiyot markazi (The Centre for International Political Economy) Young Economic Forum dasturini eʼlon qiladi. Dastur 2025-yilning 13-15-aprel kunlari, Turkiyaning Istanbul shahrida boʻlib oʻtadi. Dastur butun dunyodan boʻlgan olimlar, talabalar, yosh yetakchilar, iqtisodchilar va siyosatchilarni bir joyga jamlaydi. Forum quyidagi 6 xil mavzu doirasida boʻlib oʻtadi:
Dasturda ikki kategoriya boʻyicha qatnashish mumkin boʻlib, birinchi kategoriya qatnashchilari uchun 5 oʻrinli grant ajratilgan va ularning barcha xarajatlari qoplab beriladi. Ikkinchi kategoriya qatnashchilari dasturda qatnashish uchun $599 miqdorida badal puli toʻlashlari kerak boʻladi. Shuningdek, 15 nafar nomzodga 50 foizlik qisman grantlar ham taqdim etiladi. Yuqoridagi kategoriyalarning hech birida qatnasha olmagan nomzodlar uchun qoʻshimcha $300 virtual kurslar ham mavjud.
Dasturga roʻyxatdan oʻtish jarayoni 2025-yil 20-fevralgacha davom etadi.
Dastur haqida ushbu havola orqali toʻliq maʼlumot olish mumkin.
Maqbullik shartlari
Kimlar uchun
Maktab o'quvchilari (yuqori sinflar), O'rta ma'lumotli (maktab/kollej bitiruvchisi), Bakalavr talabasi , Oliy ma'lumotli (bakalavr), Magistr talabasi, Oliy ma'lumotli (magistr), PhD talabasi , Falsafa fanlari doktori
Dastur tili
Ingliz tili
Yosh chegarasi
16 yoshdan 45 yoshgacha
Dasturga xarajatlari toʻliq qoplanadigan ishtirokchilarni saralash jarayonida quyidagi jihatlar inobatga olinadi:
Foydali tomonlari
Dasturda ikki kategoriya mavjud boʻlib, ularning foydali jihatlari quyidagicha:
Xarajatlari qoplanadigan kategoriya uchun $16,99 badal puli mavjud va u quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Xarajatlari qoplanmaydigan kategoriya uchun $599 badal puli mavjud va u quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Yuqoridagi kategoriyalarda taqdim etilgan imkoniyatlardan tashqari dastur doirasida:
Hujjat topshirish
Dasturga roʻyxatdan oʻtish jarayoni 2025-yil 20-fevralgacha davom etadi.
Dasturga ikki kategoriya boʻyicha ariza topshirish mumkin boʻlib, xarajatlari qoplanadigan kategoriya uchun $16,99, xarajatlari qoplanmaydigan kategoriya uchun esa $599 badal puli mavjud. Bundan tashqari, 15 nafar nomzod uchun qisman grant taqdim etiladi va ularning 50 foiz xarajatlari dastur tomonidan qoplanadi.
Xarajatlari toʻliq qoplanadigan kategoriya uchun ushbu havola orqali ariza topshirish mumkin.
Xarajatlari qoplanmaydigan kategoriya uchun ushbu havola orqali ariza topshirish mumkin.
Eslatma! Dastur uchun toʻlangan badal puli dastur maʼmuriyati tomonidan qaytarib berilmaydi.
Manba: https://t.me/grantgouz/7549
#Yangiliklar #Talaba #Chetda tahsil olish