Joriy yilning 24-yanvar kuni “University of Business and Science” vakillari va O‘zbekistonning Respublikasining Koreya Respublikasidagi elchixonasi mutasaddilari o‘rtasida rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda xalqaro ta’lim hamkorligini rivojlantirish, talabalar almashinuvi va istiqbolli qo‘shma dasturlarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Xususan, UBSning xalqaro munosabatlari, akademik hamkorliklar va ta’lim sohasidagi bir qator yangi imkoniyatlar haqida fikr almashildi:
Shuningdek, uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublikasining Koreya Respublikasidagi elchixonasi vakillari bilan muhokamalarda muhim takliflar ham ilgari surildi. Jumladan,
Muzokaralar yakunida, tomonlar kelgusida doimiy hamkorlik qilish va O‘zbekistonning ta’lim sohasidagi xalqaro integratsiyasini kuchaytirish bo‘yicha qo‘shma sa’y-harakatlarni yo‘lga qo‘yish borasida kelishib oldilar.
Shuningdek, elchixona vakillari bilan muntazam aloqa o‘rnatish va amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha ularni xabardor qilib borish masalasi muhim vazifa sifatida belgilandi.
Mazkur uchrashuv “University of Business and Science” uchun xalqaro miqyosdagi ta’lim hamkorligini rivojlantirish, talabalar uchun yangi imkoniyatlar yaratish va O‘zbekistonning ta’lim tizimini jahon standartlariga moslashtirish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.
Universitet va elchixona o‘rtasidagi yaqin hamkorlik kelgusida yanada keng qamrovli loyihalarni amalga oshirish imkonini beradi.
#Ta'lim telekanali #Yangiliklar