Yangiliklar 10/12/2024 Universitetlarda jamoaviy sport musobaqalari o‘tkaziladi

"Maktab ligasi", "Talabalar ligasi", "Oliy ta’lim kubogi" va "Rektor kubogi" musobaqalari o‘tkaziladi

"Jamoaviy sport turlarini rivojlantirish va iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Prezident qarori qabul qilindi

Qarorga ko‘ra, 2025/2026 o‘quv yilidan barcha davlat universitetlarida voleybol, basketbol, gandbol, regbi, chim ustida xokkey, suv polosi jamoaviy sport turlari bo‘yicha, boshqa davlat oliy ta’lim muassasalarida kamida 3 ta jamoaviy sport turlari bo‘yicha sport klublari tashkil etiladi. 
2025/2026 o‘quv yilidan jamoaviy sport turlari bo‘yicha quyidagi sport musobaqalarini o‘tkazib borish yo‘lga qo‘yiladi:

 🔹"Maktab ligasi";
 🔹"Talabalar ligasi" va "Oliy ta’lim kubogi";
 🔹"Rektor kubogi".


2025/2026 o‘quv yilidan boshlab maktab sport klublarida kamida 2 ta jamoaviy sport turlarini rivojlantirish hamda 2 mln nafar o‘quvchini qamrab olish rejalashtirilgan.
Vazirlik va idoralar, xo‘jalik birlashmalari, davlat ishtirokidagi tijorat banklari va korxonalarda kamida 3 ta jamoaviy sport turlari bo‘yicha sport klublari tashkil qilinadi.
 
Bunda jamoaviy sport turlari bo‘yicha idoraviy tashkilotlar kesimida "Rahbar kubogi", mahalliy hokimliklar kesimida "Hokim kubogi" musobaqalari o‘tkazib boriladi.

So'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Bizning Telegram-kanalimizga obuna bo'ling