Vazirlar Mahkamasining 17.09.2021-yildagi 572-son qarori bilan attestatsiya nizomining 1-bob 8-d bandiga ko'ra, oliy malaka toifasiga (bosh o'qituvchi lavozimiga) ega bo'lgandan so'ng oliy malaka toifasini (bosh o'qituvchi lavozimini) 15 yil davomida saqlab kelgan va uzluksiz ish stajiga ega bo'lgan pedagog kadrlarga — oliy malaka toifasi (bosh o'qituvchi lavozimi) to'g'ridan to'g'ri (attestatsiyadan o'tkazilmasdan) berilishi belgilangan.
Undan tashqari, toifasidan qat'i nazar pedagogik faoliyati bo'yicha 25 yil va undan ko'p stajga ega bo'lgan va yoshga doir pensiyaga chiqishi uchun 5 yildan ko'p bo'lmagan vaqt qolgan pedagog kadrlarga ularning amaldagi malaka toifasi to'g'ridan to'g'ri (attestatsiyadan o'tkazilmasdan) beriladi. Ya'ni ular keyinchalik navbatdagi majburiy attestatsiyaga jalb etilmaydi. Lekin istalgan vaqtda o'z ixtiyorlariga ko'ra navbatdan tashqari topshirishlari mumkin.
Eslatib o'tamiz, 2022-yil 2-avgustgacha stajiga 15 yil to'lgan va 2-avgust kunida oliy toifaga ega bo'lgan barchaning oliy toifasi saqlanishi va oliy toifa bilan ish haqi to'lanishi ham belgilangan.