Havo, suv va ovqat… Bular hayot uchun zarur bo‘lgan elementlar. Tez orada inson yashashi uchun zarur bo‘lgan bu elementlar yoniga telefonlarimizni ham qo‘shsak, ajab emas. Negaki, smartfonlar allaqachon hayotimizning bir qismiga aylanib ulgurdi. Biror narsa haqida bilmoqchimisiz? Googledan qidiring. Biror narsani hisoblash kerakmi, marhamat, kalkulyator. Biror joyga borish kerak bo‘lsa va u manzilni bilmasak ham qo‘rqishga hojat yo‘q. Axir smartfonimizda butun dunyoni besh qo‘liday biladigan xarita bor-ku!
Telegramda do‘stlar bilan suhbatlashish, ijtimoiy tarmoqlarda “suzish”, musiqa tinglash, filmlar tomosha qilish, bolalar uchun ovuntirish vositasi, hattoki uxlaganda ham yostig‘imiz tagida turadi… Telefonda qiladigan ish bo‘lmasa ham shunchaki uning yoniq ekraniga termilib o‘tiramiz. Shunday qilib, o‘rtacha foydalanuvchi o‘z smartfonini kuniga 150 marta ochadi. Bu esa asrning yangi kasalliklaridan biridir, demakki, hammamiz kasalmiz.

Nomofobiya haqida bilasizmi?
Smartfonlar kundalik hayotimizning muhim qismiga aylandi. Biroq, texnologiyadagi ushbu ulkan siljish bizga psixologik jihatdan salbiy ta’sir etishi - stress, konsentratsiya, uyqu va boshqalar bilan bog‘liq muammolar keltiradi. Keling, birgalikda uyali aloqaga bog‘lanib qolishning salbiy jihatlari va bir nechta faktlarni ham ko‘rib chiqamiz.
O‘rtacha smartfon foydalanuvchisi kuniga 47 marta, yiliga 17155 o‘z qurilmasini ko‘zdan kechiradi.
Smartfon foydalanuvchilarining 85 foizi do‘stlari va oila a’zolari bilan gaplashayotganda o‘z telefonini ko‘rib suhbatlashishadi.
Smartfon foydalanuvchilarining 80 foizi uyqudan yotishdan oldin telefonlarini kuzatadilar.
Smartfonga qaramlik - Nomofobiya bo‘lib, u telefonsiz qolib ketish qo‘rquvi bilan belgilanadi. Garchi mobil telefonlar bir necha yillardan beri mavjud bo‘lsa-da, unda nima uchun telefonga qaramlik kuchaymoqda? Oddiy qilib aytganda, bu qurilma tarkibidagi imkoniyatlar soniga bog‘liq ... Biz Internet, ijtimoiy tarmoqlar, ilovalar, video, musiqa va boshqalarni nazarda tutmoqdamiz!

Ushbu xurujni qo‘zg‘atuvchi manba va omillar.
Qanday qilib telefonga bog‘liqlik hayotimizga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin?
Biz ko‘rib chiqqan barcha tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, telefondan haddan ziyod foydalanish jismoniy va ruhiy salomatlikka ta’sir qilishi mumkin.
Xavotir -shunchaki telefoningiz yoningizda bo‘lsa, unumdorlik kamayadi, ya’ni yalqov bo‘lib boraverasiz. Xato harakatsiz holatga ham kelib qolish ehtimolingiz juda yuqori.
Narsisizm -Ijtimoiy tarmoqlarga odatlanib qolgan odamlar o‘zlarining shaxsiy hayotlari haqida doimiy ravishda xabar berish natijasida paydo bo‘lgan o‘z-o‘zini haddan ziyod ko‘z ko‘z qilish xususiyatlariga ega bo‘lib boshlaydi.
Depressiya va yolg‘izlik - bu asosan o‘z ijtimoiy tarmog‘idan yuqori darajada foydalanadigan(o‘smirlarda) ko‘proq uchraydi.
Diqqat yetishmovchiligi - Axborot oqimi miyaning bir vazifaga bir necha daqiqadan ko‘proq vaqt qolishi qobiliyatiga ta’sir qilishi mumkin.
Uyquning yo‘qolishi – Telefondan me’yordan ortiq foydalanish inson salomatligiga eng kerakli bo‘lgan uyqumizga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Uyali aloqaga qaramlikning asosiy belgilari:
Siz quyidagi hissiyotlardan biriga egamisiz yoki bu iboralarning har biri sizga tegishli ekanligini his qilyapsizmi? Bularning barchasi smartfonga qaram bo‘lgan odamlarning eng keng tarqalgan turlaridir.
Ishlarni tugatish yoki konsentratsiya muammolari tufayli ishlashda qiynalasizmi?
Oila a’zolari va do‘stlaringizdan ajralib qolish yoki suhbat paytida telefoningizdan foydalanasizmi?
Smartfondan foydalanishni uzluksiz davom ettirasizmi, masalan. Ishxonada,vannaxonada, ko‘chada, hatto piyodalar o‘tish joyida ham?
Telefonsiz o‘zingizni hayotdan uzilib qolganday yoki allaqanday yolg‘izdek his qilasizmi?
Yoki bo‘lmasa Telefonsiz, jizzaki, tashvishli va hatto o‘z yaqiningizni qattiq xafa qilib qo‘yadigan darajada bo‘lib qolasizmi?
Kun bo‘yi telefon bilan aloqa natijasida kechalari uyqulikdan aziyat chekasizmi?

Agar ushbu o‘zgarishlarni o‘zingizda kuzatsangiz demakki siz tashqi hayotdan, ya’ni hayotdan zavqlanish undan bahra olishdek baxtdan uzoqlasha boshlagansiz.
Biz ko‘proq texnologiya integratsiyasiga aylandik, ammo zarurat va uyali telefonga moyillik o‘rtasida qanday bog‘liqlik bor. Odamlarning o‘z telefonlariga bir kunda qancha vaqt sarflashlari haqida ko‘plab statistikalar mavjud.

Telefonlarimizga qancha vaqt sarflaymiz?
So‘rovnomaga ko'ra 18-29 yoshli smartfonlar egalarining 22 foizi o‘z telefonini, soatiga bir necha marta ko'zdan kechiradi.

E’tiboringizga yana bir statistikani havola etamiz.
Umuman olganda, o‘zga odamlarning telefonlarga juda ko‘p vaqt sarflashayotganini hammamiz oddiy qabul qilishimiz mumkin, lekin biz o‘zimiz uyali qurilmalarimizda kontentni sarflashga qancha vaqt sarflaymiz? Buni bilamizmi? Dunyo bo‘yicha bir qancha tadqiqotlar o‘tkazilgan bo‘lib, ular har bir mamlakatda kunlik foydalanish darajasi har xil ekanligidan dalolat beradi, quyida barcha manbalar bo‘yicha o‘rtacha vaqt bo‘yicha davlatlar keltirilgan.
Smartfondan foydalanish bo‘yicha eng yetakchi 10 mamlakat
Braziliyada o‘rtacha foydalanuvchi kuniga 5 soatdan ko‘proq vaqt sarflaydi, bu insonni aqldan ozdiradigan darajada telefonga mukkasidan ketishga barobar daqiqalardir. Ya’ni, har 1/5 kun ularning telefoniga sarflanadi.

Sizning farzandlaringizda ham telefonga moyillik xislati bormi?
Bolada yoki o‘smirda aqliy yetuklikning yetishmasligi, ularning smartfon va ilovalardan foydalanishni cheklash qobiliyatiga salbiy ta’sir qiladi - Ota-onalar farzandining uyali telefonga bog‘liqligi va unga jismoniy va ruhiy ta’sir ko‘rsatishini o‘z nazoratlari ostiga olishlari kerak.

Bolaning smartfonlarga qaramligini kamaytirish yo‘llari.
Farzandlaringizni telefonlariga qaramligini bartaraf etish uchun ulardan shunchaki telefonlarini olib qo‘yish bilan muammoni hal eta olmaysiz. Bu borada sizga boshqacha turli usullar yordamga keladi.
Foydalanishni kuzatish uchun ilovalardan foydalaning:iOS-ning yangi raqamli salomatligi va Androidlarning ishlatilishini kuzatish ilovalari bolangiz aslida qurilmadan qanday foydalanayotganini va foydalanish xususiyatini ko‘rsatib turadi, masalan: ilovalar, elektron pochta xabarlari.
O‘zingizning shaxsiy foydalanishingizni boshqaring: Siz bu vaziyatda namuna bo‘lishingiz kerak, agar siz telefoningizga bir necha soat vaqt sarflasangiz, suhbat paytida oilangizning o‘zaro munosabatlariga asosiy e’tiboringizni qaratsangiz u holdasiz haqiqiy to‘g‘ri foydalanuvchini gavdalantirasiz.
Uy atrofida qoidalar yarating: uyning ma’lum joylarida yoki ma’lum vaqtlarda smartfonlardan foydalanishni cheklab, siz ko‘proq sog‘lom muhitni yaratishingiz mumkin.
Boshqa qiziqishlarni tarbiyalash: Bolalarning telefonga odatlanishini kamaytirishning yana bir usuli - bu ularga jismoniy mashqlar orqali stressni kamaytirishga yordam berish uchun ularni ko‘proq ijtimoiy va jismoniy faoliyatga (sport / sevimli mashg‘ulotlariga) jalb qilishdir.

Muloqot qiling: Mobil qurilmalarsiz oila sifatida vaqt o‘tkazing, farzandingiz bilan yaqin aloqada bo‘ling, chunki smartfonlarning haddan tashqari ko‘p ishlatilishi uydagi yoki maktabdagi ruhiy tushkunlik, stress kabi muammolarni niqoblayotganligini bilib olishingiz mumkin.
Xulosa o‘rnida shuni aytamizki uyali aloqa hozirda ko‘pchiligimizni og‘irimizni yengil qiluvchi zamonaviy texnikalar qatoridan birinchilikni bermay kelyapti. U bir pasda bizni dunyoni u chekkasidagi yaqinimiz bilan aloqaga kirishimizga ko‘mak beradi va istalgan ma’lumotimizni xohlagan paytimiz hozir-u nozir qilib topib beradi, ya’ni u bilimlar manbai sifatida ham muhim ro‘l o‘ynab kelmoqda. Ammo, tanganing ikki tomoni bo‘lgani kabi ushbu zamonaviy qurilmadan foydalanishning o‘ziga yarasha qonun qoida, odob va me’yorlari mavjud. Biz bular to‘g‘risida oz bo‘lsa ham sizga ma’lumot ulashdik degan umiddamiz.
Ma’mura To‘rayeva tayyorladi
#Maqola