Butun dunyoda millionlab odamlar intiq kutadigan 31-dekabr — Yangi yil bayramiga ham sanoqli vaqt qoldi. Shu munosabat bilan bayramni nishonlash usullari va tarixi haqidagi qiziqarli faktlarni siz bilan bo‘lishmoqchimiz.

1. Dastlabki Yangi yil bayrami miloddan avvalgi 45 yilda nishonlangan. Shu yilda Rim imperatori Yuliy Sezar 1-yanvarni milliy bayram deb e’lon qilgan. U “yanvar” nomini Rimning ikki yuzli eshiklar xudosi Yanus nomiga atab qo‘ygan.
2. Archa bayram daraxti sifatida ilk marta XVII asr boshlarida Elzas shahrida bezatilgan. Elzas (bu shahar o‘sha davrda Germaniyaning bir qismi bo‘lgan, hozir Fransiyaga tegishli) shahri fuqarolari archa va sosna daraxtlarini rangli qog‘ozdan yasalgan atirgullar, olma, pechenye, qand bilan bezatishgan.
3. Archaga osiladigan birinchi shisha o‘yinchog‘i Tyuringiya (Saksoniya)da yasalgan.

4. Rang-barang lampochkalardan iborat archa bezagi 1895-yili Amerikada yaratilgan.
5. 1-yanvarda yangi yilni qarshi olish haqida 1700-yili Rossiya shohi Petr I farmon bergan. Bunga qadar Rossiyada xristianlar yangi yilni 1 martda, boshqa dindagilar 1-sentyabrda nishonlagan.
6. 1949-yildan buyon 1-yanvar butun dunyoda dam olish kuni hisoblanadi.
7. Fransiyada 755-yilga qadar yilning birinchi kuni 25-dekabr hisoblangan. Keyinchalik bu sana 1-martga ko‘chirilgan. 1564-yili qirol Karl IX ning farmoniga asosan 1-yanvar yil boshi qilib belgilangan.

8. Eskimosliklar yangi yilni birinchi qor yoqqan kuni nishonlashadi.
9. Kubada yangi yildan bir kun oldin uydagi barcha idishlarni suvga to‘latib, yangi yil kechasida suvlarni ko‘chaga yoki hovliga sepib yuborishadi. Ular shu yo‘l bilan gunohlardan forig‘ bo‘lishga, yangi yilni gunohlarsiz qarshi olishga umid bog‘lashadi. Shuningdek, kubaliklar yangi yilni «Qirol kuni» deb atashadi.
10. Gretsiyada oila boshlig‘i yangi yil kechasi ko‘chaga chiqib anorni erga uradi. Aytishlaricha, atrofga qanchalik ko‘p anor donalari sochilsa, kelayotgan yil shunchalik omadli bo‘ladi.
11. Italiyada yangi yil kechasi uydagi eski kiyim, buyumlar, mebellarni ko‘chaga uloqtirishadi.
12. Italyanlarda qancha ko‘p eski buyum ko‘chaga tashlansa, yil shuncha ko‘p davlat hadya etadi degan faraz bor.
13. Qadimiy Vavilonda yangi yil bayrami bahor oyiga to‘g‘ri kelgan. Bayram kuni shoh saroydagi jami a’yonlarini olib shaharni tark etgan. Xalq esa tuni bilan ko‘chaga chiqib yangi yil bayramini nishonlagan.
14. Ba’zi xalqlarda yangi yil arafasida odamlar eng ezgu orzusini qog‘ozga yozadi va soat 00:00 ga bong urganda, qog‘ozni yoqib yuborishadi. Qog‘oz bong urish to‘xtagunga qadar yonib bitsa, bu orzu albatta ushaladi, degan qarash mavjud.
15. Yangi yil arafasida tibetliklar ko‘chadan o‘tgan har bir odamga bir bo‘lakdan pishiriq tarqatadi. Ular yangi yilning barakali kelishini tarqatilgan pishiriqlar soni bilan bog‘lashadi.
Ta’lim telekanali jamoasi barcha yurtdoshlarimizni yangi 2025-yil bilan qutlaydi!
#Maqola