Maqolalar 28/01/2025 Vaqtni boshqar, hayotingni o'zgartir!

   Hayotda muvaffaqiyatga erishish uchun faqatgina harakat qilish kifoya emas. Vaqtni to‘g‘ri taqsimlash ham muhim rol o‘ynaydi. Dunyoga mashhur yetakchilar va ishbilarmonlarning hayotini o‘rganish, ular qanday qilib o‘z vaqtlarini samarali sarflashganini bilish, bizga katta o‘rnak bo‘lishi mumkin. Chunki ular, ko‘pincha, o‘z vaqtlarini ish bilan bir qatorda kitob mutolaasi, fikr yuritish va tanaffuslar qilish kabi noan'anaviy, lekin juda samarali faoliyatlarga ajratishgan.

 

     Masalan, Uorren Baffet, yuzlab kompaniyalar bilan ishlashiga qaramay, o‘zining ish vaqtining 80 foizini kitob o‘qishga va qarorlar qabul qilishga sarflaydi. U buni muvaffaqiyatning kaliti sifatida ko‘radi. Biron bir ishni bajarishda nafaqat jismoniy mehnat, balki aqliy mehnat ham zarur, deydi u. Shunday ekan, o‘z vaqtimizni qanday ajratishimiz, bizning kelajakdagi muvaffaqiyatimizni belgilaydi.

    Benjamin Franklin, Stiv Jobs, Opra Uinfri va Piter Druker kabi yetakchilar kundalik tutishning naqadar muhimligini ta'kidlaganlar. Ular har kuni o‘zlariga savol berib, kunni qanday o‘tkazish kerakligini rejalashtirganlar. Shunday qilib, kundalik tutish, nafaqat vazifalarni bajarish, balki o‘z-o‘zini anglash va to‘g‘ri qarorlar qabul qilishda yordam beradi.

     Bundan tashqari, tanaffuslar qilish ham muvaffaqiyat uchun zarur. Napolyon, Eynshteyn, Tomas Edison kabi buyuk shaxslar har kuni qisqa tanaffuslar qilib, o‘zlarini yangilashgan. Ular, hatto, kun davomida uyqu olishni afzal ko‘rganlar, chunki bu ularning ijodiy fikrlarini tetiklashtirgan. Yangi g‘oyalar va qarorlar ko‘pincha dam olish paytida kelib chiqadi.

   Vaqtni to‘g‘ri taqsimlash, shuningdek, sog‘likni ham yaxshilashga yordam beradi. Charlz Darvin, Betxoven, Stiv Jobs kabi mashhur insonlar o‘zlarining kundalik rejalariga sayr qilishni kiritganlar. Ular piyoda sayr qilishni nafaqat jismoniy, balki ruhiy holatni yaxshilash uchun ham samarali deb bilishgan. Olimlarning tadqiqotlariga ko‘ra, kundalik sayrlar nafaqat miyada yaratilgan yangi g‘oyalar uchun foydali, balki umrni uzaytiradi.

   Bundan tashqari, muvaffaqiyatli kishilar har kuni kitob o‘qishga vaqt ajratishadi. Mark Kyuban, Bob Ayger va Ilon Mask kabi millionerlarga kitob o‘qishning afzalliklari haqida gapirib o‘tsak, bu o‘z bilim doirasini kengaytirish, yangi fikrlarni rivojlantirish va stressni kamaytirishning samarali usuli ekanini tushunish mumkin.

   Biroq, eng muhim narsa – bu tajriba qilishdir. Biror ishni boshlashdan qo‘rqmaslik, muvaffaqiyatsizlikni o‘rganish va undan saboq olish kerak. Tomas Edison o‘zining 50 mingdan ortiq muvaffaqiyatsiz tajribalarini shunday ko‘rgan: "Bu yerda sizni muvaffaqiyatga olib keladigan o‘rganiladigan saboqlar bor."

  Shunday qilib, vaqtni to‘g‘ri taqsimlash muvaffaqiyatga erishishning kaliti hisoblanadi. Agar biz o‘z vaqtimizni samarali sarflasak, har bir kichik qadam ham katta o‘zgarishlarga olib kelishi mumkin. Vaqtni boshqarish, hayotdagi natijalarni belgilashda eng muhim omil hisoblanadi. Har birimiz o‘z maqsadlarimizga erishish uchun vaqtni to‘g‘ri taqsimlashga harakat qilishimiz kerak.

Ma’mura To‘rayeva tayyorladi

 

#Maqola  
So'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Bizning Telegram-kanalimizga obuna bo'ling