Yangiliklar 26/05/2025 Yangi o‘quv yilidan boshlab chet tili birinchi fan sifatida belgilangan ta’lim yo‘nalishlariga sertifikat olish majburiy bo‘ladi

2025/2026 o‘quv yili qabulidan boshlab fanlar majmuasida chet tili birinchi fan sifatida belgilangan ta’lim yo‘nalishlariga qabul xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikat asosida amalga oshiriladi.

Ya’ni yangi o‘quv yilidan boshlab qaysi yo‘nalishda chet tili birinchi fan (3,2 ball) bo‘lsa, o‘sha yo‘nalishga faqat sertifikati borlargina hujjat topshira oladi.

2025/2026-o‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalarining ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati va ularga mos test sinovi (kasbiy (ijodiy) imtihon) topshiriladigan fanlar majmuasiga ko‘ra chet tili birinchi fan sifatida belgilangan ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati ilovada.

#Yangiliklar  
So'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Bizning Telegram-kanalimizga obuna bo'ling