Yurtimizda tahsil olayotgan xorijlik talabalar soni bo‘yicha Hindiston yetakchilik qilmoqda.
Statistika agentligining xabar berishicha 2023–2024 oʻquv yili boshida O‘zbekistondagi oliy taʼlim muassasalarida eng koʻp Hindiston fuqarolari tahsil olmoqda. Maʼlumotlarga koʻra, Hindistondan kelgan talabalar soni 5733 nafarni tashkil etib, bu koʻrsatkich boshqa davlatlar fuqarolariga nisbatan ancha yuqori.
Xorijlik talabalar davlatlar kesimida quyidagi koʻrsatkichlarda taqsimlangan:
Hindiston – 5733 nafar
Pokiston – 1358 nafar
Turkmaniston – 904 nafar
Rossiya Federatsiyasi – 750 nafar
Qozogʻiston – 537 nafar
Tojikiston – 285 nafar
Qirg‘iz Respublikasi – 285 nafar
Afgʻoniston – 196 nafar
Xitoy – 182 nafar
Koreya Respublikasi – 176 nafar
Kanada – 124 nafar
Boshqalar – 315 nafar
Oʻzbekistondagi oliy taʼlim tashkilotlarida xorijlik talabalar sonining koʻpayishi mamlakat taʼlim tizimining xalqaro miqyosda raqobatbardoshligini kuchaytirib, yangi bozor va akademik hamkorlik uchun imkoniyatlar yaratadi va o‘z navbatida, O‘zbekistonning ta’lim salohiyatini oshirish bilan birga iqtisodiy rivojlanishga ham hissa qo‘shadi.
#Ta'lim telekanali #Maqola #Talaba