Repostlar 21/01/2025 Shayx Zoid Ol Nahayon nomidagi nufuzli mukofotni qoʻlga kiritgan Prezident maktabi oʻquvchilariga avtomobil berildi

Abu-Dabi shahrida “Zayed Sustainability Prize” tanlovida oʻz ixtirolari bilan gʻolib chiqqan Toshkent shahridagi Prezident maktabi oʻquvchilari Pahlavon Gʻulomov, Asilbek Ashrapov va ularning ustozi Sohibjon Azizov avtomobil bilan taqdirlandi.

Maʼlumot uchun, tanlovning “Global High schools” yoʻnalishida qatnashgan oʻzbekistonlik bu ikki nafar oʻquvchi yomgʻir suvini qayta ishlab, isteʼmol uchun yaroqli holga keltirish loyihasi bilan gʻoliblikni qoʻlga kiritgan edi.

Manba: https://t.me/talimxabarlari/3653

#Oʻquvchi   #Olimpiada  
So'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Bizning Telegram-kanalimizga obuna bo'ling