Repostlar 23/02/2025 Maktablarda dars berayotgan o‘qituvchilarning umumiy soni so‘nggi 6 yilda 78,3 ming nafarga oshdi

  Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-2025-o‘quv yili boshida mamlakatimizdagi umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida ta’lim berayotgan o‘qituvchilar (o‘rindoshlarsiz)ning umumiy soni 564,9 ming nafarni tashkil etgan.

   Bu ko‘rsatkich 2019-2020-o‘quv yili boshiga nisbatan solishtirilganda 78,3 ming nafarga oshgan. Yillar kesimida umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida ta’lim berayotgan o‘qituvchilar (o‘rindoshlarsiz) soni quyidagicha:

  • 2019-2020-o‘quv yili boshiga 486,6 ming nafar;
  • 2020-2021-o‘quv yili boshiga 508,2 ming nafar;
  • 2021-2022-o‘quv yili boshiga 510,0 ming nafar;
  • 2022-2023-o‘quv yili boshiga 521,6 ming nafar;
  • 2023-2024-o‘quv yili boshiga 547,7 ming nafar;
  • 2024-2025-o‘quv yili boshiga 564,9 ming nafar.

Ma’lumot uchun: 2024-2025 o‘quv yili boshiga faoliyat yuritayotgan umumta’lim muassasalari soni 10 943 tani tashkil etgan.

Manba: https://t.me/XayrullaSattarov/6632

#Ta'lim telekanali   #Oʻqituvchi  
So'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Bizning Telegram-kanalimizga obuna bo'ling