Yangiliklar 21/12/2024 20 dekabrdan o'qishni ko'chirish uchun arizalar qabul qilish boshlandi

❗️20-dekabrdan uzrli sabablarga ko‘ra o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalar qabuli boshlandi.

Arizalarni qabul qilish uchun 13 ta OTMda hududiy ishchi guruhlar tashkil etildi.(yuqoridagi suratda ko‘rsatilgan).

⏳ Ishchi guruhlar 2025-yilning 20-yanvar kuniga qadar har kuni soat 9:00 dan 17:00 gacha (yakshanba – dam olish kuni; shanba – soat 9:00 dan 15:00 gacha) faoliyat koʻrsatadi.

📄 Ariza beruvchilar quyidagi hujjatlarni (offlayn) taqdim etishlari talab etiladi:

➖ o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ariza (ariza blankasi hududiy ishchi guruh tomonidan beriladi va talaba uni joyida to‘ldiradi);
➖ talabaning reyting daftarchasi yoki belgilangan shakldagi akademik ma’lumotnoma yoki transkript nusxalari (bittasi bo‘lsa yetarli);
➖ pasport nusxasi;
➖ uzrli sabablarni asoslovchi tegishli hujjatlar.

❗️Ma'lumot uchun, o‘qishni ko‘chirishga asos bo‘luvchi 2 ta uzrli sabab mavjud. Bular:

➡️ talaba oila qurishi munosabati bilan turmush o‘rtog‘i doimiy yashaydigan hududdagi oliy ta’lim muassasasiga o‘qishini ko‘chirish istagidagilarga;
➡️ davlat organlarining xodimlari ish joyi o‘zgargan taqdirda uning turmush o‘rtog‘i yoki voyaga yetmagan farzandi o‘qishini ko‘chirmoqchi bo‘lganlarga (tegishli vazirlik (idora) rahbarining tavsiyasi asosida).

#Yangiliklar  
So'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Bizning Telegram-kanalimizga obuna bo'ling