Bugungi kunda har bir tadqiqotchi va olim uchun xalqaro ilmiy maydonning ajralmas qismi bo‘lib qolgan ilmiy maqolalar tayyorlash jarayoni muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu bois, ilmiy ishlanmalarni xalqaro standartlarga moslashtirishda yordam beradigan loyihalarga talab ortib bormoqda.
Ilmiy maqolalarni xalqaro standartlarga mos tayyorlash bo‘yicha qo‘llanmalar va tavsiyalarni taqdim etish, shuningdek, dunyo miqyosidagi nufuzli ilmiy nashriyotlar haqida ma’lumotlar bazasini shakllantirishni maqsad qilgan. “Bo‘lajak akademik” loyihasi joriy yilning sentyabr oyida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va Britaniyaning Clarivate kompaniyasi hamkorligida aynan shu maqsadni ko‘zlab tashkil etilgan. Loyihaning asosiy jihati shundaki, u barcha tadqiqotchilarga beg‘araz yordam ko‘rsatmoqda.

Loyihaning ilm-fanga quyidagi yo‘nalishlarda o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda:

“Bo‘lajak akademik” loyihasi – ilm-fan va ta’lim sohalarini rivojlantirishga qaratilgan innovatsion tashabbus bo‘lib, u yangi avlod tadqiqot usullarini joriy etishni va zamonaviy texnologiyalarni ta’lim jarayoniga integratsiya qilishni maqsad qilgan. Ushbu loyiha yosh olimlar va tadqiqotchilarni qo‘llab-quvvatlash, fanlararo hamkorlikni rivojlantirish hamda ilg‘or g‘oyalarni amaliyotga tatbiq etish orqali jamiyatni intellektual taraqqiy ettirishga xizmat qiladi.
Innoweek-2024 doirasida ushbu loyiha jamoasining innovatsion yondashuvi va faol ishtiroki e’tirof etilib, alohida mukofot bilan taqdirlangan. Bu esa loyiha doirasida amalga oshiriladigan ishlar ilmiy hamjamiyat uchun ulkan ahamiyat kasb etishini yana bir bor tasdiqlaydi.

Ushbu loyiha, yosh olimlar va ilmiy faoliyatini endigina boshlagan tadqiqotchilar uchun juda ham foydali hisoblanadi. Xalqaro ilmiy jurnallar bilan hamkorlik qilishning murakkab qoidalarini o‘rganish ko‘pincha ko‘p vaqt va resurs talab qiladi. Shu bois, loyihaning maqsadi ushbu jarayonni osonlashtirish va barcha tadqiqotchilarning xalqaro ilm-fanga hissa qo‘shishlariga imkon yaratishdir.
Bo‘lajak akademik ijtimoiy loyiha nafaqat ilmiy tadqiqotchilarni qo‘llab-quvvatlashni, balki ilm-fan rivojiga hissa qo‘shishni oldiga maqsad qilgan ijtimoiy loyihadir. Ilmiy faoliyatni xalqaro maydonga olib chiqishda bunday loyihalarning o‘rni beqiyosdir. Bu loyiha orqali minglab tadqiqotchilar o‘z maqsadlariga erishishi va ilmiy hamjamiyatga munosib hissa qo‘shishi mumkin.
#Yangiliklar