Maqolalar 28/03/2025 Ikkinchi mutaxassislik bilan bog‘liq bo‘lmagan yo‘nalishda o‘qish mumkinmi?

Magistraturaga (ikkinchi mutaxassislikka) kirishda bakalavrning qaysi yo‘nalishni bitirganining ahamiyati yo‘q. Ya’ni avval matematikani bitirib, keyin ikkinchi mutaxassislik - biologiyaga o‘qishga kirsa bo‘ladi. Bunga hech qanday cheklov yo‘q.

Hujjatlar va imtihonlarni topshirish tartibi qanday?

Abituriyentlardan farqli o‘laroq, ikkinchi mutaxassislikka qabul jarayonlari odatda iyul-avgust oylarida bo‘lib o‘tadi va hujjatlar my.edu.uz platformasi orqali onlayn topshiriladi.

Kerakli hujjatlar:

🔹Pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi hujjat:

🔹Bakalavrni tamomlaganlik to‘g‘risidagi diplom ma’lumotlari.

Ariza oliy ta’lim muassasasi tomonidan ko‘rib chiqiladi va qabul qilinadi. Imtihonlarning shakli va tartibi ham OTM tomonidan mustaqil ravishda hal etiladi.

Nechanchi kursdan qabul qilishadi?

Ikkinchi mutaxassislikka sirtqi ta’lim shakliga 2-kursdan qabul qilinadi. Ayrim ta’lim yo‘nalishlari sirtqi ta’lim shaklida o‘qish imkoniyatiga ega bo‘lmaganligi sababli, ularni kunduzgi ta’lim shaklida ham qabul qilish mumkin.

So‘nggi yillarda ikkinchi mutaxassislikka hujjat topshiruvchilar soni kamligi sababli OTMlarga qabul suhbat asosida yoki imtihonsiz shaklda amalga oshirilmoqda. Har yili 2-mutaxassislik bo‘yicha amaldagi kvotalar e’lon qilinib, har bir OTMda qaysi yo‘nalishlar mavjudligi ko‘rsatib boriladi.

#Maqola  
So'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Bizning Telegram-kanalimizga obuna bo'ling