So'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Bizning Telegram-kanalimizga obuna bo'ling
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-iyundagi 295-son qarori bilan tasdiqlangan tegishli Ma’muriy reglament asosida amalga oshirilayotgan o‘quvchilarni bir maktabdan boshqasiga ko‘chirish bo‘yicha davlat xizmati joriy yilning 26-mayidan 31-iyuliga qadar to‘xtatilishi ma’lum qilindi.
Mazkur vaqt oralig‘ida elektron platforma (erp.maktab.uz) orqali umumiy o‘rta ta’lim muassasalarini yangi o‘quv yiliga hamda o‘quvchilarni sinfdan sinfga o‘tkazish jarayoni amalga oshiriladi.
O‘quvchilarni bir maktabdan boshqasiga ko‘chirish bo‘yicha davlat xizmati 2025-yil 1-avgustdan davom ettiriladi.
#Yangiliklar