Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 2015-yil 22-dekabrdagi 70-sessiyasida 11-fevral – “Ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar xalqaro kuni” sifatida rasman e’lon qilingan bo‘lib, 2016-yildan boshlab mazkur sana dunyoning ko‘plab davlatlarida keng nishonlanib kelmoqda.
Bugungi kunda yurtimizda oliy, o‘rta maxsus va kasbiy ta’lim tizimida faoliyat yuritayotgan xodimlarning qariyb 48 foizini xotin-qizlar tashkil etadi. Ular orasida 737 nafar fan doktori, 4 652 nafar fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) mavjud. Shuningdek, ilmiy unvonlarga ega ayollar soni 3 770 nafarni tashkil etadi.
Oliy ta’lim muassasalarida rahbarlik lavozimlarida ham xotin-qizlar munosib o‘rin egallagan. Xususan, 7 nafar ayol rektor, 45 nafar prorektor, 70 nafardan ziyod xotin-qizlar fakultet dekani sifatida faoliyat yuritmoqda. Shu bilan birga, mamlakatimizda 13 214 nafar xotin-qiz oliy ta’limdan keyingi ta’lim bosqichida tahsil olmoqda. Bu esa umumiy izlanuvchilar sonining 50 foizini tashkil etadi.
Xotin-qizlarning izlanishlari, kashfiyotlari va innovatsiyalari insoniyat taraqqiyoti uchun beqiyos ahamiyat kasb etmoqda.
Ta’lim telekanali jamoasi ayol tadqiqiotchilarni ushbu sana bilan chin dildan tabriklaydi! Yangi yutuqlar, ilmiy muvaffaqiyatlar va kashfiyotlar sizlarning hamrohingiz bo‘lishini tilaymiz. Ilm-fan sohasidagi mehnatingiz yosh avlod uchun namuna bo‘lib, ularni yangi marralar sari ilhomlantirsin!
#Ta'lim telekanali #Yangiliklar