Yangiliklar 12/02/2025 Olima ayollar forumi bo‘lib o‘tdi

"Bugun O‘zbekiston olima ayollari forumida Xalqaro ilm-fan sohasidagi ayollar kunini nishonlayapmiz. Mamlakatimizda ilm-fan sohasida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash ustuvor ahamiyatga ega ekanidan faxrlanaman.

   Raqamlarning o‘zi aytib turibdi: O‘zbekistonda olimlarning 48 foizi ayollar! Ularning izlanishlari, kashfiyotlari va fidoyiligi ilhom baxsh etadi va ilm-fan ularga, ular esa ilm-fanga kerakligini ko‘rsatadi.

   Biz xalqaro hamjamiyat bilan ilm-fan tinchlik va farovonlikka xizmat qiladigan kelajakni bunyod etish yo‘lida birgalikda harakat qilamiz!" - deb yozadi Saida Mirziyoyeva 11-fevral kuni o‘z telegram kanalida.

#Ta'lim telekanali   #Yangiliklar  
So'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Bizning Telegram-kanalimizga obuna bo'ling