Repostlar 27/12/2024 Avstraliyaning nufuzli universitetida magistratura va doktorantura bosqichini oʻqish uchun grant dasturi — Monash Graduate Scholarship

Umumiy maʻlumotlar

Avstraliyaning Monash universiteti magistratura va doktorantura bosqichida oʻqimoqchi boʻlgan xalqaro va mahalliy nomzodlar uchun Monash Graduate Scholarshipni eʼlon qiladi. 

Grant Monash universiteti talabalarining yashash va oʻqish xarajatlarini qoplab beradi, shuningdek, xalqaro talabalar shu bilan birga kontrakt xarajatlari qoplanadigan grantlarni ham qoʻlga kiritishlari mumkin boʻladi. 

Dastur umumiy jamgʻarmasi $35,013 ni tashkil etadi. Dasturda qatnashish uchun nomzodlar yuqori akademik koʻrsatkichlarga ega boʻlishlari kerak. Nomzodlardan til sertifikati ham talab qilinadi.

Dasturga qabul jarayoni 2025-yil 31-martgacha davom etadi.

Dastur haqida ushbu havola orqali toʻliq maʼlumot olish mumkin.

Maqbullik shartlari

Dasturga ariza topshirish uchun quyidagi talablar mavjud:

  • Nomzodlar yuqori akademik koʻrsatkichlarga ega boʻlishlari lozim, chunki saralash jarayonida shunga eʼtibor qaratiladi;
  • Magistratura bosqichiga hujjat topshirish uchun bakalavr bosqichini, doktorantura bosqichiga hujjat topshirish uchun esa magistratura bosqichini yakunlagan boʻlish zarur;
  • Qatnashchilardan xalqaro til bilish sertifikati talab qilinadi, til talablari nomzod tanlagan yoʻnalishi va bosqichiga qarab farq qiladi;
  • Dasturga ariza topshirgunga qadar nomzod oʻqish uchun yoʻnalish tanlab unga taklif xati joʻnatishi va oʻqishga qabul qilinishi kerak;
  • Ishtirokchilarning tadqiqot tajribasi saralash jarayonida ustunlik beradi.

Dastur talablari haqida ushbu havola orqali batafsil maʼlumot olish mumkin.

Foydali tomonlari

Dasturning quyidagi foydali jihatlari mavjud:

  • Talabalarga har oy stipendiya beriladi;
  • Saralab olingan nomzodlarga koʻchib kelib joylashish uchun mablagʻ ajratiladi;
  • Xalqaro talabalar ushbu grant bilan birga kontrakt xarajatlari qoplanadigan grantlarni ham qoʻlga kiritishlari mumkin boʻladi.

Hujjat topshirish

Dasturga xalqarо talabalar har yili 2 marta ariza tорshirishi mumkin:

  • 1-rоund: qabul оxirgi muddati 31-martgacha;
  • 2-rоund: qabul оxirgi muddati 31-avgustgacha.

Ayni рaytda 2-rоund uchun (31-avgustgacha) hujjatlar qabuli davоm etmоqda.

Dasturga hujjat topshirish jarayoni quyidagicha:

  • Dasturga ariza topshirishdan оldin Monash universitetidan kerakli yoʻnalishni tanlab unga taklif xati joʻnating;
  • Taklif xati qabul qilingandan soʻng ariza topshirish jarayonini boshlang;
  • Dastur saytida roʻyxatdan oʻting va profil oching;
  • Arizada soʻralgan maʼlumotlarni kiriting va quyidagi hujjatlarni yuklang:

-Tadqiqot loyihasi;

-Til bilish sertifikati;

-Nomzodning qobiliyatlari haqida maʼlumot;

-Nomzod yutuqlari, mukofotlari haqida maʼlumot;

-Ish tajribasi va tadqiqot tajribasi haqida maʼlumot;

-Motivatsiya xati;

-Nomzodning nashrlari;

-Qoʻshimcha hujjatlar (5 tagacha);

-CV.

  • 2025-yil 31-martgacha ariza topshiring.

Dasturga ariza topshirish jarayoni haqida ushbu havola orqali toʻliq maʼlumot olish mumkin.

Manba: https://t.me/grantgouz/7409

#Talaba   #Grandlar  
So'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Bizning Telegram-kanalimizga obuna bo'ling