Maqolalar 20/05/2025 2024-yilda eng ko‘p daromad ko‘rgan va xarajat qilgan OTM lar ro‘yxati e’lon qilindi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining ochiq ma’lumotlar sahifasida 2024-yilda Davlat oliy ta’lim muassasalarining 2025-yil 1-yanvar holatiga (2024-yil yillik) daromadlari va xarajatlari to‘g‘risida ma’lumot joylandi.

Unga ko‘ra, eng ko‘p daromad ko‘rgan oliy ta’lim muassasalari beshtaligini quyidagi OTMlar egallagan:

1. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti – 927 mlrd. 472 mln. so‘m

2. Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti – 574 mlrd. 587 mln. so‘m

3. Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti – 475 mlrd. 869 mln. so‘m

4. O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti – 473 mlrd. 896 mln. so‘m

5. Jizzax davlat pedagogika universiteti – 423 mlrd. 929 mln. so‘m

2024-yilda sof daromad ko‘rgan oliy ta’lim muassasalarining TOP-5 ligi:

1. Jizzax davlat pedagogika universiteti – 76 mlrd. 169 mln. so‘m

2. Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti – 54 mlrd. 256 mln. so‘m

3. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti – 44 mlrd. 794 mln. so‘m

4. Shahrisabz davlat pedagogika instituti – 40 mlrd. 801 mln. so‘m

5. “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti 38 mlrd. 300 mln.

2024-yilda xarajatlari daromaddan ko‘p bo‘lgan oliy ta’lim muassasalarining TOP-5 ligi:

1. Samarqand davlat universiteti – 37 mlrd. 988 mln. so‘m

2. Samarqand iqtisodiyot va servis instituti – 37 mlrd. 922 mln. so‘m

3. Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti – 36 mlrd. 993 mln. so‘m

4. Navoiy davlat universiteti – 32 mlrd. 902 mln. so‘m

5. Urganch davlat universiteti – 25 mlrd. 582 mln. so‘m

Umumiy hisobda 2024-yilda davlat oliy ta’lim muassasalari 11 trln. 953 mlrd. 243 mln. so‘m daromad ko‘rib, 11 trln. 448 mlrd. 986 mln. so‘m xarajat qilgan.

Umumiy ro‘yxat bilan tanishish

#Maqola  
So'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Bizning Telegram-kanalimizga obuna bo'ling