So'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Bizning Telegram-kanalimizga obuna bo'ling
2025-2026 o‘quv yili uchun Qozog‘iston Respublikasi Fan va oliy ta’lim vazirligi oliy ta’lim olish uchun 71 844 ta grant ajratdi.
2024-2025 o‘quv yilida bu ko‘rsatkich 78,2 mingta edi.
Eng ko‘p grant ajratilgan sohalar:
Muhandislik, qayta ishlash va qurilish tarmoqlari: 20 878 ta grant
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari: 12 087 ta grant
Tabiiy fanlar, matematika va statistika: 9188 ta grant
Grantlar Yagona milliy test (YMT) natijalariga ko‘ra tanlov asosida beriladi.
2025-yilda maktab bitiruvchilarining soni 216,9 ming kishini tashkil etadi, bu o‘tgan yilga nisbatan deyarli 30 mingga ko‘pdir.
❗️Vazirlik grant qisqarishi sabablarini keltirmagan.
#Yangiliklar