Prezident Farmoni yoshlar uchun yanada keng imkoniyatlar ochadi.
Shu jumladan:
▪️ Ijodiy sanoat parklari va ularning hududiy filiallari tashkil etiladi, biznes maktablari ochiladi. U yerda soha vakillari tayyorlanadi.
▪️ Ijodiy park rezidentlari uchun soliq imtiyozlari joriy etiladi (2025-yil 1-maydan 2031-yil 1-yanvargacha). Ular quyidagicha to‘lanadi:
• ijtimoiy soliq va jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini 50% pasaytirilgan stavkada to‘laydi;
), tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromad summasidan qat’i nazar. Shu bilan birga, ular o‘z xohishiga ko‘ra umumbelgilangan soliq rejimiga o‘tishlari mumkin.
▪️ C1 sertifikatiga ega yoshlar chekka hududda til o‘rganish markazini ochsa, foizsiz kredit oladi. Bunda ular sertifikatni 2 yildan ko‘p bo‘lmagan muddatda olgan bo‘lishlari kerak. Imtiyozli davr 6 oy bo‘lib, kredit BHMning 320 baravarigacha miqdorda 3 yil muddatga beriladi.
▪️ Mahallalardagi faol yoshlar "Yorqin iste’dodlar" loyihasi orqali xorijda o‘qitiladi. Bu jarayonda yoshlarni salohiyatiga mos xorijiy oliygohlarga yuborish bo‘yicha tayyorlov kurslari tashkil etiladi.
Joriy yilda "Yorqin iste’dodlar" loyihasi uchun "El-yurt umidi" jamg‘armasiga 300 milliard so‘m ajratiladi.
Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan xorijda ta’lim olib qaytgan stipendiatlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri milliy kadrlar zaxirasiga kiritiladi hamda davlat organlari, tashkilotlari va muassasalariga tanlovsiz ishga qabul qilinadi.
▪️ "El-yurt umidi" stipendiyasi sohiblari davlat ishlariga tanlovsiz qabul qilinadi va kadrlar zaxirasiga kiritiladi.
▪️ TOP-100 ta OTMning PhD bitiruvchilariga 10 yil muddatga foizsiz uy-joy kreditlari (2150 BHMgacha) beriladi.
▪️ Harbiy oliy ta’lim muassasalarining namunali kursantlari uchun "Oliy Bosh Qo‘mondon" stipendiyasi joriy etiladi.
▪️ Muhandislik olimpiadalari g‘oliblari tegishli oliy ta’lim muassasalariga grant asosida o‘qishga qabul qilinadi.
▪️ Yoshlar agentligi tomonidan milliy mediakontent va ko‘rsatuvlar uchun 100 mln so‘mgacha grantlar ajratiladi.
▪️ Ekologik loyihalar uchun 10 mlrd so‘mlik "Yashil tashabbuslar jamg‘armasi" tashkil etiladi.
▪️ Yoshlar agentliklari binolari to‘liq ijara daromadlari hisobidan moliyalashtiriladi.
▪️ Toshkent shahrida Robototexnika markazi tashkil etiladi (2025 yil).
▪️ Toshkent shahrida Yoshlar teatr studiyasi ochiladi (2025).
▪️ "Take Off" startap sammiti Samarqandda (2026-yil, "Technofest" doirasida) bo‘lib o‘tadi.
#Yangiliklar