Yangiliklar 13/12/2024 7 ta tibbiyot oliygohida reabilitatsiya kafedralari ochiladi

Prezident raisligida bo‘lib o‘tayotgan ijtimoiy himoya sohasidagi ishlar va 2025-yil uchun ustuvor vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilishda 7 ta tibbiyot oliygohida reabilitatsiya kafedralari ochilishi bo‘yicha topshiriq berib o‘tdi.

Jumladan, respublika bo‘yicha 33 ta tumanda nogironligi borlarning reabilitatsiya qamrovi 1 foizga ham yetmasligi tanqid qilindi.

Shu bois soha uchun mas’ullar kelgusi yilda reabilitatsiya bo‘yicha keskin o‘zgarish qilishi kerakligi ko‘rsatib o‘tildi.

Buning uchun har bir viloyat, tuman shifoxonasida reabilitatsiya xizmatlari yo‘lga qo‘yiladi. 12 ta nogironlik reabilitatsiya markazida ergoterapiya, fizioterapiya, davolash-gimnastika xizmatlari qamrovi 5 karra oshiriladi.

7 ta tibbiyot oliygohida reabilitatsiya kafedralari ochiladi, professor-o‘qituvchilar Koreya tajribasi asosida qayta o‘qitiladi. Respublika reabilitatsiya markaziga Koreya va Yaponiyadan ekspertlar olib kelinib, mahalliy mutaxassislar malakasi oshiriladi.

#Yangiliklar  
So'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Bizning Telegram-kanalimizga obuna bo'ling