Maqolalar 17/04/2025 Abituriyentlarning mashhur  yolg‘onlari

📖 “Kitob o‘qiyapman” 

(Aslida esa telefon titkilab vaqt o‘tkazyapti.)

⏰ “Ertaga ertalab 5:00 da turib dars qilaman” 

(Budilnikni o‘chirib, yana 10 soat uxlash mode ON.)

🧐 “O‘qish oson ekan, hamma testlarni yechdim” 

(Aslida esa, 10 ta savoldan 9 tasini “otpravka” usulida belgiladi.)

🚫 “Imtihonga hech qanday shpargalka olib kirmayman” 

(Keyin esa qo‘llar, yenglar, qog‘ozcha va hattoki oyog‘iga ham yozib olganini payqash mumkin.)

🤓  “Men umuman stressga tushmayman” 

(Imtihon kuni: “Yo‘q, men hamma narsani unutdim!”)

🏋️‍♂️ “O‘qishga kirishim bilan sport bilan shug‘ullanaman” 

(Aslida esa: “Bugun dam olib, ertaga boshlayman…”  Va bu reja har kuni takrorlanadi.)

🎓 “Men faqat davlat grantida o‘qiyman” 

(Natijalar chiqqandan keyin: “Xususiy ham yaxshi ekan-ku…”)

🤓 “O‘qishga kirsam, hamma narsani o‘rganaman” 

(Aslida esa, sessiya oldidan: “Kimda dars konspektlari bor?” )

#Maqola  
So'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Bizning Telegram-kanalimizga obuna bo'ling