Yangiliklar 28/03/2025 Asosiy fan olimpiadasi haqida 5 ta fakt

➖ Kecha Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tashkil etilgan Asosiy fan olimpiadasining Respublika bosqichi yakunlandi.

⚡️ Mazkur olimpiadada yurtimiz bo‘ylab 1 yarim milliondan ortiq o‘quvchilar ishtirok etishdi. 

📈Fanlar kesimida eng ko‘p sovrinli o‘rinlarni poytaxtlik yoshlar egallashdi (sovrinli o‘rinlar soni — 12 ta).

🔰Olimpiadada o‘g‘il bolalar qizlardan yuqoriroq natija ko‘rsatishdi. Jami g‘olib o‘g‘il bola o‘quvchilar soni 33 nafar, qiz bola o‘quvchilar soni esa 30 nafarni tashkil etmoqda.

📍 Joriy yilda Asosiy fan olimpiadasining Respublika bosqichiga fanlar taqsimotiga ko‘ra 6 ta hudud mezbonlik qildi.

❗️Olimpiada natijalariga ko‘ra g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar o‘zi g‘olib bo‘lgan fandan OTMga kirish imtihonlarida maksimal balga ega bo‘ladi.  

#Yangiliklar  
So'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Bizning Telegram-kanalimizga obuna bo'ling