Tanlovlar 19/02/2025 “Ijtimoiy taraqqiyot uchun” tadqiqot ishlari tanlovi

   Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi va Ijtimoiy himoyani rivojlantirish instituti hamkorligida oliy ta’lim muassasalari bakalavriat va magistratura bosqichining bitiruvchi talabalari uchun tanlov e’lon qilindi.

   Tanlov doirasida ijtimoiy himoya sohasidagi 12 ta mavzu bo‘yicha bitiruv malakaviy ishlar va magistrlik dissertatsiyalari qabul qilinadi.

Tanlov bosqichlari:

  • 1-bosqich: Tanlov komissiyasi tomonidan taqdim etilgan tadqiqotlar orasidan 10 ta eng yaxshi ish tanlab olinadi.
  • 2-bosqich: Tanlab olingan ishtirokchilar o‘z ishlari bo‘yicha taqdimot o‘tkazadi. Baholash natijalariga ko‘ra uch nafar g‘olib aniqlanadi.

Hujjatlarni topshirish tartibi:

  • Tadqiqot ishi va zaruriy hujjatlar 15-mayga qadar Ijtimoiy himoyani rivojlantirish institutining elektron pochta manziliga (ihri@ihma.uz) yuborilishi lozim;
  • Xat mavzusiga “Ijtimoiy taraqqiyot uchun” deb yozish talab etiladi;
  • Hujjatlar qabul qilingani haqida javob xati yuboriladi.

Talab etiladigan hujjatlar:

  • Talabalik guvohnomasi yoki boshqa tasdiqlovchi hujjat;
  • To‘liq tadqiqot (BMI yoki dissertatsiya) qo‘lyozmasi;
  • Tadqiqot (BMI yoki dissertatsiya) annotatsiyasi.

Mukofotlar:

  • 1-o‘rin: Noutbuk
  • 2-o‘rin: Plaud
  • 3-o‘rin: Planshet

   Bundan tashqari, g‘oliblar Ijtimoiy himoya milliy agentligi va uning tarkibiga kiruvchi tashkilotlarda amaliyot o‘tash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

   Tanlovda ishtirok etish shartlari haqida batafsil ma’lumot veb-saytda...

#Ta'lim telekanali  
So'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Bizning Telegram-kanalimizga obuna bo'ling