Oliygohlar Darsliklar Oliygoh tanlash boti
O'zbek ▾
O'zbekЎзбекРусскийIngliz tili
Yangiliklar

Davlat  grantida  o‘qigan talabalar sinovsiz ishga kirishi mumkin

Davlat  grantida  o‘qigan talabalar sinovsiz ishga kirishi mumkin

Endilikda oliy ta’lim muassasalarini davlat granti asosida tamomlagan talabalar, dastlabki sinov muddatisiz  ishga kira oladi. Ushbu norma Mehnat kodeksining yangi tahririda 129-moddasida nazarda tutilgan.

Biroq, bu imtiyoz faqat davlat granti asosida OTMni tugatgan talabalarga egallagan mutaxassisliklari bo‘yicha birinchi marotaba ishga kirayotganlaridagina amal qiladi. 

Ya’ni agar davlat granti bitiruvchisi birinchi marta dastlabki sinov muddatisiz ishga olinsa va u ishdan bo‘shab, boshqa ishga kirmoqchi bo‘lsa, unga nisbatan bu imtiyoz amal qilmaydi.

Ulashish: Telegram Facebook
So'nggi yangiliklardan xabardor bo'lingBizning Telegram-kanalimizga obuna bo'ling Obuna bo'ling

Mavzuga oid