Hukumat qarori bilan tasdiqlangan nizomga ko‘ra oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan hamda mutaxassis (oliy ma’lumotli o‘qituvchi) lavozimidagi pedagog kadrlar navbatdagi majburiy attestatsiyadan o‘ta olmagan taqdirda, ish beruvchi xodimning malakasi yetarli bo‘lmaganligi sababli u bilan tuzilgan mehnat shartnomasini mehnat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda bekor qilish huquqiga ega.
Ish beruvchi mehnat shartnomasini bekor qilmagan taqdirda, navbatdagi majburiy attestatsiyadan o‘ta olmagan oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan hamda mutaxassis (oliy ma’lumotli o‘qituvchi) lavozimidagi pedagog kadr navbatdan tashqari attestatsiyaga ko‘pi bilan ketma-ket ikki marta jalb etiladi.
Bunda ikki martadan birortasida ham navbatdan tashqari attestatsiyadan o‘ta olmagan yoki uzrli sababsiz (kasallikka chalinishi oqibatida mehnatga qobiliyatsizlik davrida hamda davlat yoki jamoat vazifalarini bajarganligidan tashqari hollarda) attestatsiyada ishtirok etmagan pedagog kadr bilan tuzilgan mehnat shartnomasi mehnat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda xodimning malakasi yetarli bo‘lmaganligi sababli bekor qilinadi.
Attestatsiyadan o‘ta olmaganligi sababli mehnat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda pedagoglarning mehnat shartnomasi (xodimning malakasi yetarli bo‘lmaganligi sababli) bekor qilingan taqdirda, pedagog kadr faqat o‘z xohishi bilan navbatdan tashqari Kasbiy sertifikatlash sinovida ishtirok etib, sertifikatni qo‘lga kiritgan holdagina, yana pedagog sifatida ishga qabul qilinishi mumkin.
Attestatsiyaga oid namunaviy testlarni quyidagi bot yordamida bepul bajarish mumkin:
@uztditestbot
#Maqola