Maqolalar 23/06/2025 Ba’zi sertifikatlar orasidagi muddat bir yildan oshmasligi lozimligi belgilanmoqda

Xorijiy tillar va umumta’lim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar ro‘yxatiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida loyiha matni regulation.gov.uz muhokamalar portaliga joylandi. Qaror matniga quyidagicha qo‘shimcha kiritilmoqda: 

umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasbiy ta’lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan pedagoglardan Teaching Knowledge Test (TKT), Teaching English for Speakers of Other Languages (TESOL), Teaching English as a Foreign Language (TEFL), Teaching English as a Second Language (TESL) sertifikatlari Common European Framework of Reference (CEFR) tizimining B2 yoki undan yuqori darajadagi sertifikat bilan birgalikda qabul qilinadi va ularga ustama belgilangan tartibda to‘lanadi. Bunda taqdim etilgan malaka ko‘nikmasi va til bilish sertifikatlari olingan vaqt oralig‘i bir yildan oshmasligi lozim;

Ya’ni bu qo‘shimchaga ko‘ra, siz 2025-yil 20 sentyabrda TKT sertifikatlarini jamlagan bo‘lsangiz, tabiiyki ustama uchun yoniga B2 sertifikat so‘raladi. Ushbu B2 sertifikat muddati bilan TKT sertifikatining muddatlari oralig‘i bir yildan ko‘p bo‘lmasligi kerak. Ya’ni B2 sertifikatingiz 2024-yil 20-sentyabrgacha olingan bo‘lishi kerak.

Agar bir yildan oshgan bo‘lsa, deylik siz 2024-yil mayda yoki avgustda B2 ni olgan bo‘lsangiz, bu TKT sertifikatingiz uchun yaroqli bo‘lmay qoladi. 

Lekin hali bu loyiha bosqichida. Siz loyihaning aynan shu qismiga o‘z e’tiroz yoki takliflaringizni bildirishingiz mumkin.

👉 Loyiha matniga fikr bildirish 

☝️ Ushbu qaror matni hali loyiha bo‘lib, hali rasman tasdiqlanmangan! Qaror rasman imzolangunga qadar u yoki bu o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin! 

#Maqola  
So'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Bizning Telegram-kanalimizga obuna bo'ling