9- va 11-sinflar uchun yakuniy davlat attestatsiyasi imtihonlari 2025-yil 26-maydan 15-iyungacha o‘tkaziladi (Jismoniy tarbiya va kasbiy ta’lim fani bundan mustasno).
Chet tili fanlari hamda umumta’lim fanini bilish darajasi to‘g‘risida davlat namunasidagi sertifikati bo‘lgan o‘quvchilar imtihondan ozod qilinadi.
Tegishli fanlar bo‘yicha, yakuniy davlat attestatsiyasi o‘tkazilishi belgilangan kundan bir kun oldin, qur’a tashlash yo‘li bilan (yozma shaklda o‘tkaziladigan fanlar bo‘yicha) shakllantirilgan variantlar orasidan 2 ta variant tanlanadi.
Tanlangan 2 ta imtihon variantlari vazirlikning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi va ushbu variantlar asosida respublika bo‘yicha barcha bitiruvchilar yakuniy davlat attestatsiyasini topshiradi.
Batafsil: Ta'lim omborida
#Maqola