Maqolalar 21/06/2025 Chet tili sertifikati bilan bog‘liq savollarga javoblar

Savol: Chet tili imtihoni natijalari e’lon qilinganda sertifikat oladigan bo‘lsam,  sertifikatim shaxsiy kabinetimda avtomatik tarzda chiqadimi yoki o‘zim kiritishim kerakmi?

Javob: Chet tilidan B2 va undan yuqori darajadagi milliy sertifikat olgan abituriyentlarning sertifikat ma’lumotlari ularning shaxsiy kabinetida avtomatik tarzda chiqadi. Milliy sertifikat ma’lumotlarini alohida kiritish talab etilmaydi.

Savol: Menda IELTS 6 sertifikat mavjud. Chet tilidan xalqaro sertifikat ma’lumotlarini kiritishda sertifikat seriyasi va raqamiga qaysi raqamni yozishim kerak?

Javob: IELTS sertifikatining quyi qismida “Test Report Form Number” mavjud  bo‘lib, sertifikat seriyasi va raqamiga “Test Report Form Number” kiritiladi.

 Savol: Chet tilidan xalqaro sertifikatni xato yuklaganman. Sertifikat ma’lumotlarini qayta kiritsam bo‘ladimi?

Javob: Sertifikat tekshirilib, rad etilgan taqdirda, sertifikat ma’lumotlarini qayta kiritish mumkin. Lekin sertifikat tasdiqlanganda yoki tekshirilayotganda ma’lumotlarni o‘zgartirib bo‘lmaydi.

 Savol: Chet tilidan xalqaro sertifikatlarni 20-iyunga qadar kiritish kerakmi? Undan  keyin kiritilsa, inobatga olinmaydimi?

Javob: Chet tilidan xalqaro sertifikatlarni qabul yakunlangunga qadar, ya’ni 25-iyungacha kiritish mumkin. Lekin sertifikatlarni tekshirish murakkab va ko‘p vaqt talab etadigan jarayon ekanligini inobatga olgan holda ertaroq kiritish tavsiya etiladi. 

Savol: Chet tilidan B1 darajadagi sertifikat uchun ball beriladimi?

Javob: oliy ta’lim muassasalariga qabulda chet tilidan B2 va undan yuqori darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikat uchun (ushbu fandan maksimal ball beriladi. B1 darajadagi sertifikat uchun ball berilmaydi.

Manbaa

#Maqola  
So'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Bizning Telegram-kanalimizga obuna bo'ling