“El-yurt umidi” jamg‘armasi va “The Hong Kong University of Science and Technology” o‘rtasida hamkorlik aloqalari o‘rnatildi!
2025-yilning 27-fevral kuni “El-yurt umidi” jamg‘armasida rahbariyati, “Gongkong fan va texnologiya universiteti” biznes va menejment maktabi magistratura dasturi boshlig‘i Salad Kwok va ushbu universitetning biznes va menejment maktabi vakili Nicole Lau o‘rtasida Jamg‘armada uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Ma'lumot uchun: Ko'pgina yirik universitetlar reytingida u doimiy ravishda Osiyoning eng yaxshi 15 ta universitetlari ro‘yxatiga kiradi va xalqaro QS reytingida 60-o‘rinni egallaydi. Hozirgi kunda mazkur universitetda uch nafar Jamg’arma stipendiati tahsil olib kelmoqda.
Mazkur uchrashuvda “El-yurt umidi” jamg‘armasi va “Gongkong fan va texnologiya universiteti” o‘rtasida hamkorlik aloqalarini o‘rnatish masalalari muhokamasi bo‘lib o‘tdi.
“El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktor o‘rinbosari v.b Javoxir Axmedov tomonidan Jamg‘armaning faoliyati hamda navbatdagi tanlov jarayonlari haqida ma’lumotlar berildi. O‘zaro hamkorlik aloqalarini yuqori darajaga olib chiqish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi yangi boradigan stipendiatlarning o‘qish xarajatlari uchun 40 foiz miqdorda chegirmalar taqdim etish bo‘yicha taklif kiritildi.
Universitet vakili Salad Kwok tomonidan mazkur takliflar qo‘llab-quvvatlanib Gongkong fan va texnologiya universiteti o‘qitiladigan ustuvor sohalar, biznes boshqaruvi, injenering, arxitektura, IT, davlat boshqaruvi va gumanitar sohalar bo‘yicha ma’lumotlar berildi.
Mazkur uchrashuv yakunida “El-yurt umidi” jamg‘armasi hamda Gong Kongning “Gongkong fan va texnologiya universiteti” o‘rtasida hamkorlik aloqalarini istiqbollarini belgilovchi, yuqoridagi takliflarni o‘z ichiga olgan ikki tomonlama anglashuv memorandumi imzolashga kelishib oldilar.
#Ta'lim telekanali #Yangiliklar