Bugun, 15-aprel kuni Respublikamizning barcha hududlarida maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlari uchun yanvar-iyun oylarida o‘tkazilayotgan pedagoglar attestatsiyasining malaka (test) sinovlariga start beriladi.
Birinchi bo‘lib, Geografiya, Rus tili (milliy) hamda Rus tili va adabiyoti (rus) fanlari o‘qituvchilari o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazadilar (va albatta, yuqori natijalarni qayd etadilar).
Endilikda pedagoglar malaka (test) sinovlarida berilgan javoblarni tekshirib ko‘rishlari mumkin. Buning uchun pedagog.uzedu.uz platformasidagi shaxsiy kabinetdan “Malaka sinov natija ballari” ko‘rsatilgan joydagi “Batafsil” tugmachasini bosishlari kerak bo‘ladi.
Shuningdek, pedagoglarga qulaylik yaratish maqsadida attestatsiya jarayonlarini onlayn kuzatib borish uchun maxsus sayt ishga tushirildi.
#Yangiliklar