Maqolalar 05/07/2025 “Jasorat maktablari”ga o‘quvchilarni qabul qilish tartibi belgilandi

Joriy yilning 1-iyul kuni “Jasorat maktablari”ga o‘quvchilarni qabul qilish va o‘quv-tarbiyaviy jarayonni tashkil etish tartibi to‘g‘risida”gi (ro‘yxat raqami: 3636-son) nizom Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Nizom “Jasorat maktablari”ga (Jasorat sinflari) o‘quvchilarni qabul qilish va o‘quv-tarbiyaviy jarayonni tashkil etish tartibini belgilaydi.

Jasorat sinflariga o‘quvchilar belgilangan yillik qabul kvotasi, ya’ni 1 ta sinfga 26 nafar o‘quvchidan iborat tarzda 5-sinfdan boshlab qabul qilinadi.

Jasorat sinflarida o‘qish muddati 7-yilni tashkil qiladi.

Jasorat sinflariga kirish uchun jismoniy tayyorgarlik hamda tegishli fanlar yo‘nalishi bo‘yicha test sinovlari iyul oyida o‘tkaziladi.

Jasorat sinflarining 9-sinfini yakunlagan o‘quvchilarga tayanch o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi shahodatnoma, 11-sinfini tamomlagan o‘quvchilarga umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi shahodatnoma beriladi.

#Maqola  
So'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Bizning Telegram-kanalimizga obuna bo'ling