Umumiy maʻlumotlar
Garvarddagi Innovatsiya fanlari laboratoriyasi San-Diegodagi Kaliforniya universiteti bilan hamkorlikda biznesga qiziqqanlar uchun bepul onlayn kurs — HarvardX: Technology Entrepreneurship taqdim etadi.
Ushbu kursda ishtirokchilar muvaffaqiyatli yangi biznesni yoʻlga qoʻyish uchun texnologiyalardan foydalanish va uni mijozlar ehtiyojlari bilan moslashtirish usullarini oʻrganadi.
Dastur quyidagi mavzularni qamrab oladi:
- Texnologik tadbirkorlikka tizimli yondashuv;
- Mijozlarning ehtiyojlarini istiqbolli texnologiyalar bilan moslashtirish orqali yangi foydalanish usullarini yaratish;
- Biznes va operatsion modellarni moslashtirish yoʻllari;
- Texnologiyaning tayyorlik va bozorga mosligini baholash;
- Moliyalashtirishni taʼminlash imkoniyatlarini koʻrib chiqish.
Kurs 2024-yilning 28-avgustidan 3-oktyabrigacha davom etadi.
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.
Maqbullik shartlari
- Dasturga qiziqqan barcha qatnashishi mumkin;
- Ingliz tilini dasturda qatnashish darajasida bilish lozim;
- Nomzodlar biznes va boshqaruv boʻyicha boshlangʻich bilimga ega boʻlishlari kerak;
- Ishtirokchilardan texnologiya tadbirkorligi, tanqidiy fikrlash, tijoratlashtirish, innovatsiyalar, tadqiqot va ishlanmalar boʻyicha koʻnikmaga ega boʻlish talab qilinadi.
Foydali tomonlari
- Dasturda bepul qatnashish mumkin;
- Darslar Garvard universiteti yetakchi professorlari tomonidan o'tiladi;
- Butun dunyo boʻylab taʼlim va tegishli fanlarning sifatini yaxshilashga qaratilgan tadqiqotlarda ishtirok etish;
- Biznes va boshqaruv sohasi bo'yicha keng bilimga ega bo'lish imkoniyati.
Muhim: Kursda qatnashganlar ma'lum miqdordagi to'lov (149$) evaziga universitet tomonidan beriladigan maxsus sertifikatga ega bo'lishlari mumkin.
Hujjat topshirish
Dasturda qatnashishni istaganlar ushbu havola orqali roʻyxatdan oʻtib, ariza topshirishlari mumkin.
Kimlar uchun
- Maktab o'quvchilari (9-sinfgacha), Maktab o'quvchilari (yuqori sinflar), O'rta ma'lumotli (maktab/kollej bitiruvchisi), Bakalavr talabasi , Oliy ma'lumotli (bakalavr), Magistr talabasi, Oliy ma'lumotli (magistr), PhD talabasi , Falsafa fanlari doktori
Dastur tili
Yosh chegarasi
Manba: https://t.me/grantgouz/7514
#Yangiliklar
#Abituriyent
#Talaba