Repostlar 20/02/2025 Ichki ishlar akademiyasiga kirishda kimlarga imtiyozlar bor?

1. Ichki ishlar organlari amaldagi xodimlariga.
   Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishga munosib hissa qo'shgan, xizmat yoki ilmiy faoliyatida yuqori natijalarga erishgan ichki ishlar organlari amaldagi xodimlarining farzandlariga Akademiyaga kirish uchun kursantlarni qabul qilishning umumiy sonidan besh foizli kvota ajratiladi.
2. Xarbiy xizmatchilarning farzandlariga 
   Mamlakatning mudofaa qudratini mustahkamlashga salmoqli hissa qo'shgan, xizmatdagi harbiy va ilmiy faoliyatda ma'lum bir natijalarga erishgan O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralarning xizmatdagi ofiserlari, kontrakt bo'yicha xizmat qilayotgan serjantlar va oddiy askarlar tarkibidagi harbiy xizmatchilarning farzandlari uchun Akademiyaga o'qishga qabul qilish uchun belgilangan umumiy qabul sonidan (ikkinchi va undan keyingi oliy ta'limdan tashqari) besh foizli kvota,
   O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining xizmatdagi harbiy xizmatchi va xodimlarining farzandlari uchun ikki foizli  kvota ajratiladi.

3. Bojxona organlari xodimlarining farzandlariga 
Bojxona xizmatiga salmoqli hissa qo'shgan, xizmat jarayonida ma'lum bir natijalarga erishgan bojxona organlarining xizmatdagi ofiserlari va serjantlar tarkibi xodimlari farzandlari uchun Akademiyaga kunduzgi ta'lim shakliga belgilangan umumiy qabul sonidan ikki foizli kvota ajratiladi.

4.«To'maris izdoshlari» jamoaviy guruhlari a'zolariga
   «To'maris izdoshlari» jamoaviy guruhlari a'zolariga Akademiyaga kirish uchun kursantlarni qabul qilishning umumiy sonidan ikki foizli kvota ajratiladi.

5. Profilaktika inspektorlariga  
   Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishga munosib hissa qo'shgan  profilaktika (katta) inspektorlarining jamoat tartibini saqlash bo'yicha yordamchilariga Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti boshlig'ining tavsiyasiga asosan Akademiyaga kvota asosida o'qishga kirish huquqi beriladi. 
   Bunda o'qishga qabul qilish dastlabki va kasbiy tanlov natijalariga asosan O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan har yili belgilanadigan kvotalarga muvofiq amalga 
oshiriladi. 

Asos

Manba: https://t.me/magistrlarofficial/12810

#Ta'lim telekanali   #Tartib qoida  
So'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Bizning Telegram-kanalimizga obuna bo'ling