Yangiliklar 22/01/2025 O‘zbekistondagi uchta OTM dunyoning eng nufuzli oliygohlari roʻyxatiga kiritildi

  Buyuk Britaniyaning “Times Higher Education-THE” reyting tashkiloti fanlar boʻyicha dunyoning eng nufuzli universitetlari ( “World University Rankings 2025 by Subject”) roʻyxatini eʼlon qildi. 

  Jahonning TOP-1000 oliygohlari kiritilgan ushbu roʻyxatdan Oʻzbekistonning 3 ta oliy taʼlim tashkilotlari ilk marotaba joy oldi. 

Bular:

▪️ “TIQXMMI” (“Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muxandislari instituti”) Milliy tadqiqot universiteti — Tabiiy fanlar, matematika va statistika yoʻnalishida 301–400-oʻrin, Muhandislik yoʻnalishida 501–600-oʻrin;

▪️ Oʻzbekiston Milliy universiteti — Tabiiy fanlar, matematika va statistika yoʻnalishida 601–800-oʻrin;

▪️Toshkent axborot texnologiyalari universiteti — Taʼlim yoʻnalishida ushbu universitet 601+ -oʻrin, Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari yoʻnalishida 1001+ -oʻrinni egalladi.

#Yangiliklar  
So'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Bizning Telegram-kanalimizga obuna bo'ling