Yangiliklar 14/02/2025 Olis va chekka mahallalarda oilaviy nodavlat bogʻchalar tashkil etiladi

   Vazirlar Mahkamasining “2025-2026-yillarda bolalarni maktabgacha taʼlim bilan qamrab olish darajasini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi. 

Unga koʻra:

  • 2025-2026-yillarda bolalarni maktabgacha taʼlim bilan qamrab olish darajasini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi hamda 3-7 yoshli bolalarni maktabgacha taʼlim bilan qamrab olishning maqsadli koʻrsatkichlari tasdiqlandi.
  • 2025-yil yakunigacha kambagʻal oilalar farzandlarini maktabgacha taʼlim bilan qamrab olish taʼminlanadi.

Shuningdek, qarorga asosan:

  • aholining yashash darajasi va toʻlov qobiliyati yuqori boʻlgan (kambagʻal oilalar kam boʻlgan) mahallalarda davlat-xususiy sheriklik asosida nodavlat bogʻchalar;
  • olis va chekka (tuman va shaharlar markazida joylashmagan) mahallalarda oilaviy nodavlat bogʻchalar;
  • aholining toʻlov qobiliyati past (kambagʻal oilalar nisbatan koʻp boʻlgan) hamda demografik oʻsish darajasi yuqori boʻlgan mahallalarda davlat, shuningdek, xalqaro moliya institutlari kredit va grantlari hisobidan davlat-xususiy sheriklik asosida nodavlat bogʻchalar;
  • ijtimoiy soha muassasalarining boʻsh binolarida qisqa muddatli guruhlar tashkil etiladi.
     
#Ta'lim telekanali   #Yangiliklar  
So'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Bizning Telegram-kanalimizga obuna bo'ling