Maqolalar 04/05/2025 Sirtqisi tugatilgan pedagogik yo‘nalishlarga masofaviy shaklga ham qabul mumkin emas

Xabaringiz bor, 2025-yil 28-aprel kuni qabul qilingan PF-73-sonli prezident farmoniga ko‘ra, pedagogik ta’lim yo‘nalishlari uchun yangi o‘quv yilidan sirtqi ta’lim tugatildi.

◾️Endilikda ushbu yo‘nalishlar uchun faqatgina kunduzgi va kechki ta’lim shakllariga abituriyentlar qabul qilinib, nafaqat sirtqi , balki masofaviy ta’lim shakliga ham qabul qilinishga yo‘l qo‘yilmaydi.

▪️Pedagogik yo‘nalishlarga masofaviy ta’lim shakli bo‘yicha litsenziya olgan nodavlat oliygohlar yangi farmon asosida qabul jarayonlarini tashkil etadilar, masofaviy ta’lim shakliga esa abituriyentlarni qabul qila olmaydilar.

Ya’ni endi yuqoridagi yo‘nalishlar bo‘yicha faqat kunduzgi va kechki ta’lim shakllariga bo‘yicha qabul jarayonlarini amalga oshirishlari mumkin. 

#Maqola  
So'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Bizning Telegram-kanalimizga obuna bo'ling