Maqolalar 24/05/2025 Xalqaro olimpiadada g‘olib bo‘lganlarga beriladigan pul mukofoti miqdori 5 karra oshirildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-maydagi tegishli Farmoni bilan nufuzli xalqaro olimpiadalar, xalqaro olimpiadalar va mintaqaviy xalqaro olimpiadalar g‘oliblari, ularning o‘qituvchilari va terma jamoalar rahbarlariga to‘lanadigan bir martalik pul mukofotlari miqdoriga o‘zgartirishlar kiritildi. Unga ko‘ra:

Nufuzli xalqaro olimpiadada:

1-o‘rin (oltin medal) egallagan o‘quvchilarga — bazaviy hisoblash miqdorining 2 500 baravari (hozirgi vaqtda 937 500 000 so‘m) miqdorida;

–  ularning o‘qituvchilariga — bazaviy hisoblash miqdorining 450 baravari (hozirgi vaqtda 168 750 000 so‘m) miqdorida;

–  terma jamoa rahbariga — bazaviy hisoblash miqdorining 35 baravari (hozirgi vaqtda 13 125 000 so‘m) miqdorida;

2-o‘rin (kumush medal) egallagan o‘quvchilarga — bazaviy hisoblash miqdorining 1 500 baravari (hozirgi vaqtda 562 500 000 so‘m) miqdorida;

–   ularning o‘qituvchilariga — bazaviy hisoblash miqdorining 250 baravari (hozirgi vaqtda 93 750 000 so‘m) miqdorida;

–   terma jamoa rahbariga — bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravari (hozirgi vaqtda 9 375 000 so‘m) miqdorida;

3-o‘rin (bronza medal) egallagan o‘quvchilarga — bazaviy hisoblash miqdorining 1 000 baravari (hozirgi vaqtda 375 000 000 so‘m) miqdorida;

–  ularning o‘qituvchilariga — bazaviy hisoblash miqdorining 150 baravari (hozirgi vaqtda 56 250 000 so‘m) miqdorida;

–  terma jamoa rahbariga — bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravari (hozirgi vaqtda 5 625 000 so‘m) miqdorida;

Xalqaro olimpiadada:

1-o‘rin (oltin medal) egallagan o‘quvchilarga — bazaviy hisoblash miqdorining 150 baravari (hozirgi vaqtda 56 250 000 so‘m) miqdorida;

–   ularning o‘qituvchilariga — bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari (hozirgi vaqtda 18 750 000 so‘m) miqdorida;

2-o‘rin (kumush medal) egallagan o‘quvchilarga — bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravari (hozirgi vaqtda 37 500 000 so‘m) miqdorida;

–  ularning o‘qituvchilariga — bazaviy hisoblash miqdorining 35 baravari (hozirgi vaqtda 13 125 000 so‘m) miqdorida;

3-o‘rin (bronza medal) egallagan o‘quvchilarga — bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari (hozirgi vaqtda 18 750 000 so‘m) miqdorida;

–   ularning o‘qituvchilariga — bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravari (hozirgi vaqtda 11 250 000 so‘m) miqdorida;

Mintaqaviy xalqaro olimpiadada:

1-o‘rin (oltin medal) egallagan o‘quvchilarga — bazaviy hisoblash miqdorining 12 baravari (hozirgi vaqtda 4 500 000 so‘m) miqdorida:

–  ularning o‘qituvchilariga — bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari (hozirgi vaqtda 18 750 000 so‘m) miqdorida;

2-o‘rin (kumush medal) egallagan o‘quvchilarga — bazaviy hisoblash miqdorining 8 baravari (hozirgi vaqtda 3 000 000 so‘m) miqdorida;

–   ularning o‘qituvchilariga — bazaviy hisoblash miqdorining 35 baravari (hozirgi vaqtda 13 125 000 so‘m) miqdorida;

3-o‘rin (bronza medal) egallagan o‘quvchilarga — bazaviy hisoblash miqdorining 6 baravari (hozirgi vaqtda 2 250 000 so‘m) miqdorida;

–  ularning o‘qituvchilariga — bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravari (hozirgi vaqtda 11 250 000 so‘m) miqdorida pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

Eslatma! Tegishli qonunchilik hujjatlari bilan bazaviy hisoblash miqdorining o‘zgarishi natijasida mukofot pullarining miqdori o‘zgarishi mumkin.

#Maqola  
So'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Bizning Telegram-kanalimizga obuna bo'ling